Gilbert orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gilbert orollari -Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi 16 marjon orolidan iborat, Mikroneziyada. Mayd. 264 km2. Aholisi 52 ming kishidan ortiq; asosan mikronezlar. Tarava atollida Kiribati poytaxtiBairiki sh. joylashadi. Rasmiy tilingliz tili. Orollarni 1764—1824-yillarda ingliz dengiz ofitserlari kashf qilgan va kapitan J. Gilbert nomi bilan atalgan. 1892-1979-yillar Angliya mustamlakasi boʻlgan. 1979-yildan Kiribati davlati tarkibida. Iqlimi ekvatorial, issiq va sernam. Yillik yogʻin 1000–3000 mm. Baʼzi orollarda qurgʻoqchilik ham boʻlib turadi. Oʻrtacha oylik temperatura 26- 28°. Tabiiy oʻsimliklari asosan butalar. Kopra eksport qilinadi. Qishloq xoʻjaligida kokos palmasi oʻstiriladi, sabzavot, meva va b. yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, AQSH va b. bilan tashqi aloqa olib boriladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil