Fizik doimiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fizik doimiylar, fizik konstantalar — fizik qonunlarning tenglamalariga kiradigan sonli koeffitsiyentlar. Fizik doimiylarlarga yorugʻlik tezligi, elektron zaryadi, Plank, Avogadro, Faradey doimiylari va h.k. kiradi. Fizik doimiylar qatoriga mustaqil doimiylar ham, ularning kombinatsiyalari (mas, Faradey, Boltsman, StefanBoltsman doimiylari) ham kirishi mumkin. Fizik doimiylarning son qiymatlari eksperimentlar asosida topiladi va biror birliklar tizimida ifodalanadi. Fizik eksperimentlar texnikasi va fizik nazariyalar rivojlanishi bilan Fizik doimiylarning qiymatlari aniqlashib boradi. Hozirgi zamon fizikasi va texnikasidagi koʻpgina oʻlchashlar Fizik doimiylarning aniq qiymatlarini (mas, radiolokatsiyada yorugʻlik tezligini) bilishni taqozo qiladi.