Farer tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farer tili
Milliy nomi føroyskt
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 69 150
Alifbosi Lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 fo
ISO 639-2 fao
ISO 639-3 fao

Farer tili — Skandinaviya tillaridan biri; island tili bilan birgalikda orollardagi Skandinaviya tillari guruhini tashkil etadi. Asosan, Farer orollarish va Daniyaning boshqa viloyatlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 45 ming kishiga yaqin (oʻtgan asr oxirlari). Farer tilining 6 lahjasi boʻlib, ular, asosan, fonetik jihatdan farklanadi. Farer tili — Norvegiyaning jan.gʻarbidan chiqqan va 9— 10-asrlarda Farer orollarini bosib olgan normannlar tilining davomchisi. German tillaritsht shim. (skandinav) tarmogʻiga mansub. Island tili kabi, boshqa Skandinaviya tillaridan morfologiyasining birmuncha qadimiyligi bilan ajralib turadi. Leksikasida dan (dat) tilining kuchli taʼsiri seziladi.

Farer tili 19-asr boshigacha yozuvga ega boʻlmagan. Yozma til vazifasini dan tili bajargan. 14—17-asrlarda yaratilgan farer xalq balladalari ilk bor 18-asr oxirlarida yozib olingan. 1846-yilda V.U. Xammershayib Farer tili uchun lotin grafikasi asosida yozuv va imlo qoidalarini ishlab chiqqan. 1906-yildan Farer tili maktablarda oʻqitila boshlagan. Adabiy til Torsxavn shahri lahjasi asosida shakllangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Farer tili" OʻzME. F-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil