Elon Lindenstrauss

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Elon Lindenstrauss
Tavalludi 1-avgust 1970-yil (1970-08-01) (53 yosh)
Quddus, Isroil
Fuqaroligi Isroil
Sohasi Matematika
Ish joylari Quddus yahudiy universiteti
Princeton universiteti
Taʼlimi Quddus yahudiy universiteti
Akademik rahbarlari Benjamin Weiss
Mukofotlari Blumenthal mukofoti (2001)
Salem mukofoti (2003)
Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2004)
Fermat mukofoti (2009)
Erdős mukofoti (2009)
Fields medali (2010)

Elon Lindenstrauss (ivritcha: אילון לינדנשטראוס (talaffuzi: Elon Lindenshtrauss) (1970-yil 1-avgustda tugʻilgan) - isroilllik matematik. Lindenstrauss Fields medali bilan taqdirlangan ilk isroillik matematikdir.[1]

Lindenstrauss 1970-yil Quddus shahrida tugʻulgan. 18 yoshida Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalni qoʻlga kiritgan. 1999-yil Quddus yahudiy universitetini tamomlab, PhD darajasini olgan. Stanford va Princeton universitetlarida hamda Clay matematika institutida ishlagan. 2009-yildan beri Quddus yahudiy universitetida ishlaydi.

Lindenstrauss dinamika sohasida, xususan, ergodik teoriya va uning sonlar nazariyasiga tatbigʻini oʻrganib keladi. Shuningdek, Anatole Katok va Manfred Einsiedler bilan hamkorlikda Littlewood gipotezasini takomillashtirgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shibut, A. S. „Fields medali — Matematiklar uchun Nobel alternativasi“ (ruscha). Belarus davlat universiteti. 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-oktyabr.