Drezden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DrezdenGermaniyaning Saksoniya o'lkasidagi shahar. Drezden so'zining ma'nosi eski sorbcha "Drježdźany" so'zidan olingan bo'lib, "botqoqlik aholisi" ma'nosini bildiradi. Elba daryosi boʻyida joylashgan. Saksoniya yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 535,810 kishi (2013). Drezden aholi soni bo'yicha Germaniyaning o'n ikkinchi katta shahri. Mamlakatning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Daryo porti, temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mashinasozlik, ayniqsa elektrotexnika va radioelektronika, priborsozlik, optika buyumlari i. ch. va anik, mashinasozlik (rentgen va kino apparaturalari) sanoati rivojlangan.Drezdenda Volkswagen AG tomonidan oliy toifadagi VW Phaeton mashinalari ishlab chiqariladi. Shuningdek shahar Airbus A380 samolyoti qismlari ishlab chiqarishda faol ishtirok etadi.Shaharda o'z faoliyatini boshlagan mashhur kompaniyalardan biri bu Dresdner Bank AG hisoblanadi. Dresdner Bank 17.11.1872 yili aynan Drezden shahrida tuzilgan. Mazkur bank hozirda Germaniyaning uchinchi eng katta banki hisoblanadi. Qadimdan chinni va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Tikuvchilik, trikotaj, poyabzal, kimyofarmatsevtika, poligrafiya, mebel va oziq-ovqat (ayniqsa, tamaki va shokolad) korxonalari bor.

D. shahar sifatida dastlab 1216 y.dan tilga olingan. 1485 yildan Vettin gersoglari qarorgohi, 1806 y.dan Saksoniya qirolligining poytaxti. Napoleon urushlari davrida (1813 yil 26—27 avgust) D. yonida katta jang boʻlgan. 2-jahon urushi oxirida (1945 y. fevral) D. qattiq bombardimon qilingan.

D.da meʼmoriy yodgorlik koʻp, jumladan Yapon saroyi (1715—41), Pilnits saroy-bogʻ majmuasi (1720—24), kurfyurstlar qasri (1200), Svinger saroyi (1711 — 1722) va b. Yangi kuril gan meʼmoriy binolari: Matbuot uyi (1960-68), Madaniyat saroyi (1970) va b. Drezden kartinalar galereyasi, tarix muzeyi, chinni buyumlar muzeyi, xalq sanʼati muzeyi, texnika universiteti, ped. instituti, yirik kutubxonalar bor. D. yadro tadqiqotlari markazi. Turizm rivojlangan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil