Dovul (cholgʻu asbobi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dovul (cholgʻu asbobi)

Harbiy dovul
Urib chalinadigan asbob
Turi

Urib chalinadigan musiqiy asbob

Dovul, doʻl — gardishining ikki tomoniga teri qoplangan katta shakldagi urma cholgʻu. Tovushi uchi yumaloq tayoqcha yordamida hosil qilinadi. D. oʻtmishda asosan harbiy cholgʻu hisoblangan. Hozirgi kunda amaliyotda deyarli qoʻllanilmaydi. Tashqi koʻrinishi, tovush hosil etish yoʻllari bilan D.ga yaqin boʻlgan cholgʻular qozoqlarda — dabil, gruzinlarda — doli, armanlarda — dool, hindlar, eronliklar, af-gʻonlarla — duhul nomlari bilan yuritiladi.