Dizel Rudolf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

DIZEL (Diesel) Rudolf (1858.18.3, Parij — 1913.29.9, La-Mansh) — nemis ixtirochisi. Myunxendagi Oliy politexnika maktabini bitirgan (1878). Yonilgʻining siqilgan havoga purkalishidan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli (dizel)ni yaratgan. D. oʻz dvigateli uchun 1892 yilda patent olgan. Bu bilan D. ideal Karno siklita yaqin boʻlgan siklda ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish gʻoyasini ilgari surdi; bunda toza havoni 25 Mn/m2 (250 kgkuch/sm2)gacha siqib eng yuqori temperaturaga erishdi. Bir kadar takomillashtirilganidan keyin (1897) dvigatel arzon yonilgʻi (neft mahsuloti) bilan puxta ishlaydigan va transportda keng qullaniladigan boʻlib qoldi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil