Dengiz mushugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dengiz mushugi - quloqli tyu lenlar ikki urugining umumiy nomi. Shim. D. m. (Callorhinus) urugʻiga yagona shimol D. m. (S. ursinus) turi kiradi. Erkagining uz. 2 m gacha, ogʻirligi 250 kg gacha. Yangi tugʻilgan bolasi (uz. 60— 70 sm) qora, voyaga yetgan urgʻochilari kulrang — malla; erkaklari — qoramtir-qoʻngʻir. Tinch okeanningshim. shemila: Jan. Saxalin, Kamchatkaning sharqiy sohili, Kuril va Komandor orollari yaqinidagi suvlarda uchraydi. Koʻpayish davrida (yezda) quruklikka chiqib, qirgʻoq boʻylab yotoq joylar hosil qiladi. Yotoqjoydagi har bir erkagiga 15—20 (baʼzan 50) urgʻochisi toʻgʻri keladi. Qishlash uchun jan.ga suzib ketadi. Koʻplab ovlanishi tufayli 19-asrda soni keskin kamayib ketgan edi. 1957-yilda sobiq Ittifoq, Yaponiya, AQSH, Kanada oʻrtasida Tinch okean shimolida D. m.ni saqlash toʻgʻrisida Xalqaro konvensiya imzolangandan soʻng ular soni asta-sekin oshib borib, 2 mln.ga yetdi. Hozir yosh erkaklari ovlanadi. Jan. D. m. (Arctocephalus) urugʻi 6 turdan iborat. Moʻʼtadil va moʻʼtadil salqin dengizlarda tarqalgan. D. m.ning 3 turi Xalqaro Qizil kitobga kirgan.

Arctocephalus tropicalis

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil