Davron Gaipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davron Gaipov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 7-oktyabr 1961-yil
Urganch, Oʻzbek SSR
Vafoti 7-oktyabr 2022-yil(2022-10-07)
(61 yoshda)[1]
Toshkent, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Iroda Iskandarova[2]
Marina Goncharova
Ota-onasi Roʻzmet Gʻoipov[2]
Guruh Original
Bolalari oʻgli: Aybek Gaipov (09.03.1982)
qizi: Aida (2012)
Janr Rok, rock-n-rol
Amplua Qoʻshiqchi, musiqachi, produsyer, bastakor, aktyor
Faoliyat yillari 1980—2022

Davron Gaipov (1961-yil 7-oktyabr, Urganch, Xorazm, Oʻzbekiston SSR — 7-oktyabr 2022-yil) — oʻzbek rock-n-rol qoʻshiqchisi. Oʻzbek rokining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. 1982-yildan Original guruhi badiiy rahbari boʻlgan[3]. Bolalar guruhining solisti Tohir Sodiqov Gaipovni ustoz deb biladi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davron Gaipov 1961-yil 7-oktyabrda Urganch shahrida tugʻilgan. Otasi Ruzmet Gaipov (05.03.1922-1985) Xiva shahrida tugʻilgan. Xorazmlik boʻlgan. Sobiq Ittifoq davrida 1964—1983-yillarda Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasining Qashqadaryo viloyati qoʻmitasining 1-kotibi boʻlgan (hozirgi viloyat xokimiga teng lavozim). Oʻgli Aybek Gaipov 09.03.1982-yilda Qarshi shahrida tugʻilgan, Rossiyaning Krasnodar shahrida yashaydi. Davron Gaipovning 2000-yillardagi xotini mashhur xonanda Iroda Iskandarova boʻlgan. Oxirgi xotini Marina Goncharova, qizi Aida 2012-yilda tugʻilgan. 1980-yillar oʻrtalarida akasi Arslon Gaipov (1946—2008) Toshkent aeroporti boshigʻi boʻlgan.

Hibsga olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Paxta ishi“ davrida qoʻshiqchi konsert berishi rafasida hibsga olingan, bunga asosiy sabab uning Roʻzmet Gaipovnig farzandi boʻlgani edi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davron Gaipov 17 yoshidan gitarada juda yaxshi ijro etgan va 1980-yilgacha Yalla guruhi gitaristi boʻlgan. Yosh boʻlishiga qaramay 1981-yilda oʻzing „Original“ guruhini tuzadi va tez orada mashhur boʻlib ketadi. Uning „Kerak emas shahlo koʻzlaring“, „Toʻxta, toʻxta, shoshmagin“, „Bu nima bu?“ va yana bir qator qoʻshiqlari hozir ham sevib tinglanadi. Davron Gaipovni oʻzbek „afsonaviy oʻzbek rock qoʻshiqchisi“ deb hisoblashadi. 1980-yillar oʻrtalaridan 1990-yilgacha uning ijodida chekinish boʻladi, 1984—1989-yillarda Rossiyaning Irkutsk viloyati Angarsk tumanida boʻladi[2]. Ijodga qaytishi bilan 1990-yilda „Bu nima bu?“ nomli musiqali filmda Obid Asomov bilan suratga tushadi. Bu Obid Asomov uchun debyut roli edi. Film aka-uka egizaklar taqdiri haqidadir. Davron Gaipovni mashhur oʻzbek qoʻshiqchisi Tohir Sodiqov ustoz deb biladi.

Avtohalokatga uchrashi va kasalligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilni aprel oyida yoʻlovchi taksi „Cobatl“ rusumli avtomobilda Surxondaryodan Qashqadaryoga qaytayotganida qoʻshiqchi avtohalokatga uchraydi, avtohalokatga haydovchining tajribasizligi sabab boʻlgan. Avtohalokat tufayli Davron Gaipovning umurtqa pogʻonasi singan.

Qoʻshiqchining yana bir buyragi jarrohlik yoʻli bilan olib tashlangan, ikkinchisi esa sekinlik bilan quriyotgan boʻlgan hamda jigari ham kasallangandi. Shuningdek, Davron Gaipova qanda kasalligidan uzoq vaqt davomida davolanib kelgan[4].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davron Gaipov 2022-yilning 7-oktyabr kuni vafot etdi. Shu kuni u 61 yoshni qarshilagandi. Yaʼni oʻz tugʻilgan kunida vafot etgan. Uning oʻlimiga buyrak yetishmovchiligi va qon bosimining koʻtarilishi sabab boʻlgan[5].

Xonandaning shogirdi Shuhrat Ortiqov „Daryo“ muxbiriga uning vafoti sabablari haqida quyidagilarni soʻzlab berdi[5]:

Davron aka uzoq yillardan beri qandli diabet kasalligi bilan kurashardi. Bundan tashqari, 10 yil avval bitta buyragini ham olib tashlashgandi. Uning salomatligi shu yilning fevral oyida boshlab yanada yomonlashdi. U yomgʻirli kunda Surxondaryodagi tadbirdan qaytayotganda jiddiy avtohalokatga uchragani sabab boʻlgan. Oʻshanda mashina „Qamchiq“ davonidan agʻanab, Davron akaning umurtqasi jiddiy jarohatlangandi. Yozning deyarli har kunini muolaja bilan oʻtkazdi.15 kundan beri Qarshidagi kasalxonaning jonlantirish boʻlimida davolanayotgandi. Uning oʻlimiga buyrak yetishmovchiligi va qon bosimining koʻtarilishi sabab boʻldi.

— Shuhrat Ortiqov, in

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktyor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film
Yil Film Rol Izoh
1990 Bu nima bu? Oʻzi Musiqiy film
Kliplar
Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol
2009 Jasur Gaipov „Qaytma“ Kameo

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Taniqli xonanda Davron Gʻoyipov oʻz tugʻilgan kunida, 61 yoshida vafot etdi“. Daryo.uz. Qaraldi: 3-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Qoʻshiqchi Davron Gʻoipov vafot etdi“ (oʻzbekcha). Kun.uz. Qaraldi: 3-mart.
  3. SSRI Xonandalar ansambllari (rus.)
  4. Anvar Namozov. „Davron G‘oyipov fojiasi: avtohalokat, ko‘z yoshlar va nogahoniy o‘lim“. xabar.uz (2023-yil 7-oktyabr). 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.
  5. 5,0 5,1 „Davron Gʻoyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi“. Daryo.uz. Qaraldi: 3-mart.