Chidamlilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chidamlilik (texnikada) — buyumlar, mashina va mexanizmlar, bino va inshootlarning muayyan muddatgacha, yaʼni maʼlum chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini saqlash xossasi. Buyumlarning Ch. darajasi ularning qanday materialdan yasalganligiga, ularni saqlash va ishlatish sharoitlariga bogʻliq boʻladi. Buyumlarni shartli ravishda taʼmirlanadigan (tuzatib turiladigan) va taʼmirlanmaydigan (buzilganidan keyin tashlab yuboriladigan) turlarga boʻlish mumkin. Taʼmirlanadigan buyumlar (uyroʻzgor buyumlari, gaz va elektr asboblari, soatlar va boshqalar)ning maʼlum chegaraviy holati (yaʼni Ch. chegarasi) ularning eskirishi, teztez ishlamay qolishi yoki tuzatish uchun sarflanadigan mablagʻning oʻzini okdamasligi bilan belgilanadi. Ayrim hollarda buyumlardan foydalanish qoidalarining buzilishi, xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik ham ularning Ch. chegarasiga taʼsir qiladigan omillar hisoblanadi. Buyumlarning maʼnaviy eskirishi (yangiyangi rusumli, dizayni yaxshilangan buyumlarning ishlab chiqarilishi) ham ularning chegaraviy holatini belgilaydi. Taʼmirlanmaydigan buyumlar (mac, yoritish lampalari, tishli gʻildiraklar va boshqalar) Ch.gi uchun chegaraviy holat ularning ishdan chiqishi (mac, lampochka tolasining kuyishi, shesternya tishining sinishi va boshqalar) bilan bogʻliq boʻladi va ularni tashlab yuborishga toʻgʻri keladi.

Bino va inshootlarning Ch.gi deganda ularning talab etiladigan foydalanish koʻrsatkichlarini saqlagan holdagi xizmat muddati tushuniladi. Bunday Ch. maʼnaviy va jismoniy turlarga boʻlinadi. Maʼnaviy Ch. — bino va inshootlarning oʻzgaruvchan foydalanish shartlariga yoki xavfsizlik va estetika talablariga javob bermay qolguncha boʻlgan xizmat muddati. Bu muddatni oʻtab boʻlgan bino yoki inshoot (mac, turar joy binosi yoki koʻprik) mukammal (kapital) taʼmirlashdan chiqariladi yoki buzib tashlanadi. Jismoniy Ch. mexanik zoʻriqish (nagruzka) va fizikkimyoviy omillar taʼsirida boʻlgan asosiy yuk tushuvchi konstruksiya yoki elementlar (mac, binoning poydevori, sinch devori, koʻprikning ustuni va boshqalar)ning yemirilishi bilan belgilanadi. Bino va inshootlar bunday ahvolga tushmasligi uchun maxsus izolyatsiya materiallari qoʻllanadi, poydevorlarga qora moy surkaladi, binolar vaqtivaqti bilan tezlab turiladi, koʻpriklarning yemirilgan ustunlari almashtiriladi, foydalanishga doir qoidalarga qagiy rioya qilinadi va boshqa Shunda bino va inshootlarning xizmat muddati uzayadi. Davlat standartlashtirish tashkilotlari tomonidan bino va inshootlar uchun qurilish meʼyorlari va qoidalari belgilab qoʻyiladi. Bu meʼyorlar va qoidalarga koʻra, Oʻzbekistonda bino va inshootlarning xizmat muddati (vazifasi, qurilgan joyi va boshqalarga koʻra) kamida 20 yil, 50 yil va 100 yil qilib belgilangan.

Buyumlar, mashina va mexanizmlar, bino va inshootlarning Ch. xossalarini oʻrganish, bu xossalarni yaxshilash, xizmat muddatini uzaytirish choratadbirlarini koʻrish davlat miqyosidagi muhim ish hisoblanadi. Bu ishlar bilan maxsus tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, standartlashtirish va sertifikatsiyalash idoralari shugʻullanadi. CHIJ (Spinus spinus) — chumchuqsimonlar turkumining saʼvalar urugʻiga mansub kush. Vazni 11 — 14 g. Narining koʻkragi sariq, boshining usti qora. Modasi kulrangqoʻngʻir, dogʻlari bor. Tumshugʻi qisqa. Yevropa, Gʻarbiy Osiyo, Gʻarbiy Sibir va Uzoq Sharqning qayin, qaragʻay va boshqa daraxtlar oʻsadigan aralash oʻrmonlarida, ayniqsa, togʻli joylarda keng tarqalgan. Baland daraxtlarning qalin shoxlarida uya yasaydi; 3—6 ta tuxum qoʻyib, modasi 12—14 kun bosadi. Asosan, oʻsimlik urugʻlari, baʼzan hasharotlar bilan oziqlanadi. Yashash arealining jan. qismi tashqarida — Shim. Afrika, Iroq, Janubiy Xitoyda ham qishlaydi. Baʼzan, Oʻrta Osiyo (goho Toshkent, Bishkek, Olmaota kabi shahri)da ham uchraydi.