Chester Bennington

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chester Bennington

Bennington Stokgolmda sahnada
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 20-mart 1976-yil
Vafoti 20-iyul 2017-yil(2017-07-20)
(41 yoshda)
Palos Verdes Estates, California, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Turmush oʻrtogʻi Talinda Ann Bentley va Samantha Marie Olit
Guruh Linkin Park
Janr Alternative Rock, Nu-Metal, Post-Grunge, Alternative Metal, Hard Rock, Electronic Rock
Amplua vokal, gitara, klavishlar
Faoliyat yillari
  • 1993 — 1998 (Grey Daze bilan)
  • 1999 — 2017 (Linkin Park bilan)
  • 2004 — 2017 (Dead By Sunrise bilan)

Chester Charles Bennington (20-mart, 1976 — 20-iyul, 2017)[1] amerikalik qoʻshiqchi, shoir va Linkin Park guruhi xonandasi edi. Shuningdek 2013—2015-yillarda Dead by Sunrise va Stone Temple Pilots guruhlarida vokalist boʻlgan.

Bennington 2000-yili Linkin Parkʼning birinchi albomi, Hybrid Theory chiqib, tijoriy muvaffaqiyatga erishgach omma eʼtiboriga tushdi. Albomga 2005-yilda Amerika tovush yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan Olmos sertifikati berildi, albom oʻn yillikning eng koʻp sotilgan debut albomi boʻldi.[2] Linkin Parkʼning keyingi studiyaviy albomlari, Meteora (2003), Minutes to Midnight (2007), A Thousand Suns (2010), Living Things (2012), The Hunting Party (2014) va One More Light (2017) guruh muvaffaqiyatini davom ettirdi.

Bennington 2005-yilda Dead by Sunrise guruhini tuzdi. Guruhning ilk albomi Out of Ashes 2009-yil oktabrida chiqarildi. Shuningdek u Stone Temple Pilots bilan 2013-yilda High Rise albomi ustida ishladi. Bennington Hit Parader jurnali tomonidan Top 100 Heavy Metal Xonanda roʻyxatiga kiritilgan (46-oʻrinda).

2017-yil 20-iyulida Bennington Palos Verdes Estates shahridagi uyida oʻzini osib oʻldirdi.

Suratlar galereyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. White, Caitlin „Chester Bennington And Linkin Park Had Plans for a Band Photo Shoot Today“. Uproxx (20-iyul 2017-yil). — „His body was found around 9 am this morning by a housekeeper, which suggests that he hung himself in his bedroom either last night or early this morning.“. Qaraldi: 20-iyul 2017-yil.
  2. „Linkin Park – Hybrid Theory Review“. sputnikmusic (2-sentabr 2006-yil). Qaraldi: 19-avgust 2010-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Linkin Park
Hozirgi tarkib: Rob Bourdon | Brad Delson | Dave "Phoenix" Farrell | Joe Hahn | Mike Shinoda
Sobiq tarkib: Chester Bennington | Kyle Christener | Scott Koziol | Mark Wakefield
Diskografiya
Studiyaviy albomlar: Hybrid Theory | Meteora | Minutes to Midnight | A Thousand Suns
Singllar: One Step Closer | Crawling | Papercut | In the End | It's Goin Down | Pts.OF.Athrty | Somewhere I Belong | Faint | Numb | From the Inside | Lying from You | Breaking the Habit | Numb/Encore | What I've Done | Bleed It Out | Shadow of the Day | Given Up | We Made It | Leave Out All the Rest | New Divide | The Catalyst | Waiting for the End | Burning in the Skies | Iridescent