Charles Manson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Charles (Charlz yoki Charli) Milles Manson (1934-2017) — taniqli AQShlik jinoyatchi, «Oila» yoshlar kommunasi lideri. 1969-yil «Oila»ning ba'zi a'zolari bir qancha vaxshiy jinoyatlarni amalga oshirdilar (Shu qatorda rejissyor Roman Polańskining hotini Sharon Tate o'ldiriladi). Bu jinoyatlardada Mansonni ayblashadi va butun umr qamoq jazosiga mahkum qilishadi, lekin Manson aybini tan olmaydi.

He died 19 November 2017 at 83 years old.

Bolaligi va yoshlik chog'lari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charles 12 noyabr 1934-yil Sinsinattida, Ogayo shtati, AQSh da dunyoga keladi. Onasi 16 yoshlik Kathleen Maddox. Tug'ilgani haqidagi guvohnomada ismi Charles Milles Maddox. Keyinchalik familiyasini o'gay otasi William Mansondan oladi. Mansonni amakisi maktabga yubka kiydirib jo'natar va "Bir kun kelib sen ham erkaklardek urishishni o'rganasan" der edi. 1939-yil onasi va amakisi qurolli o'g'rilik qilayotgan paytda yoqalanadilar. Kathleen keyinchalik alkogolik va fohisha bo'lib ketadi. Charles 13 yoshligida onasi uni boshqa oilalarga berib yubormoqchi bo'ladi, lekin mos oila topa olmaydi. Charles Terra Gaut, Indiana shtatidagi bir tarbiya uyiga beriladi, lekin bir yil ham o'tmasdan Charles u yerdan qochadi va onasiga qaytib keladi. Onasi uni qabul qilmaydi va Charles o'g'rilik qilib hayot kechiradi. Hippilarning orasiga qo'shilib qoladi va gitara chalishni o'rganadi, o'sha yerdagilarda oila sini tuza boshlaydi

Manson va Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mansonni mashhur qilgan jinoyat 1969-yil amalga oshirilgan Tate-LaBianca jinoyati. Bu jinoyatda manson ishtirok etmaydi. Jinoyatni uni qullari kabi aytganidan chiqmaydigan, har qanday qonli istakini amalga oshirishga tayyor bo'lgan malaklari qiladi. Manson o'zini shaytonning Masihi deb bilar edi.

Los Angelesning chetida joylashgan dala hovlida muritlari bilan birga yashar edi. Beatlesning «White» albomiga asoslanib juda antiqa qiyomat teoriyasi chiqaradi. Ayniqsa “Helter Skelter” (bolalarning lunaparkdagi bir atraksionda uchishlari haqida qo'shiq) qo'shig'ini, butun qoralar oyoqlanib butun oqlarni o'ldiradilar va faqatgina manson va uni oilasi tirik qoladi va dunyoni hokimi bo'ladilar, deb , bu bir irq urushining habarchisi deydi. Manson urushni boshlatish uchun muritlariga ba'zi oqlarni o'ldirib, aybni esa qoralarga to'nkashlarini amr qiladi. 1969-yil 9 Avgustda Mansonning oilasidan 5 kishi, Roman Polanskining aktrisa hotini Sharon Tateni va u bilan birga yana 4 ta insonni vahshiylik bilan o'ldirdilar. Jinoyat ishlangan joydan ketmasdan oldin devorga qon bilan qo'rqinchli yozuvlar yozib ketadilar. Ertasi kuni Mansonning boshchiligida LaBianca familiyali bir juftni o'ldirib, parcha-parcha bo'lib ketadilar.

Bu jinoyatlar Los Angelesda panikaga sabab bo'ldi. Aybdor bo'lmay turib qamalgan Mansonning bir muhlisasi qamoqdagi honadoshiga Oila bilan birga amalga oshirilgan jinoyatlarni aytib beradi va bu Mansonni yoqalanishiga sabab bo'ladi. Yoqalangandan keyin Manson sudga chiqishdan oldin peshonasiga katta x o'yib chiqadi. U va 4 ta muriti gaz honasida zaharlanib o'ldirilishga mahkum qilinadilar, lekin Californiya Sudi o'ldirish jazosini yo'q qilganidan keyin, jazolari butun umr qamoq jazosi bilan almashtiriladi.

Bunaqa mashhur bo'lishining sababi o'ljalarining mashhur odamlar ekanligi va bundan tashqari o'ziga hos e'tiqot yaratganligidir. Haligacha qamoqhonada yotgan Charlesga butun dunyodagi muhlislaridan hatlar keladi.

Haqidagi kitob va filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilovalar[tahrir | manbasini tahrirlash]