Carl Ferdinand Cori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Carl Ferdinand Cori (1896. 5.12, Praga — 1987) — amerikalik biokimyogar. Praga universitetini tugatgan (1920). AQSH Milliy akademiyasi va London qirollik jamiyati aʼzosi. Vashington universiteti professor (1931-yildan). Asosiy ishlari hayvonlar organizmidagi uglevodlar almashinuvini oʻrganishga bagʻishlangan. Glyukoza (1)-fosfat ("Qori efiri") moddasini kashf etgan va sof holda ajratib olgan. Glikogenning katalitik jarayonlarini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1947; G. T. Kori bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "KORI (Cori) Karl Ferdinand" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil