Braxma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Braxma — Vedalar adabiyotida Xudoning yaratish qudrati ato etilgan buyuk farishta. Braxmaga moddiy koinotni, undagi barcha tirik va notirik mavjudotlar bilann birga, yaratish vazifasi yuklatilgan. U 100 yil umr ko‘radi. Uning bir kuni Kalpa deb ataladi va har biri to‘rt yugadan iborat ming davr davom etadi. Bu to‘rt yuga: Satya-yuga, Treta-yuga, Dvapara-yuga va Kali-yuga deb ataladi. Satya-yuga 1.728.000y., Treta-yuga 1.296.000 y., Dvapara-yuga 864000 y. va Kali-yuga 432000 y. davom etadi. Braxmaning tuni ham ming kalpa davom etadi. Braxmaning 100 ylik umri Yerdagi vaqt hisobi bo‘yicha 311trillion 40 million y.ga teng. Shundan keyin Braxma o‘zi yaratgan koinot bilan birga yana mavhumlik holatiga o‘tadi. Braxma - hinduizmda Vishnu va Shiva bilan birgalikda trimurti, ya’ni ilohiy troitsa (uchlik)ni tashkil qiluvchi xudolardan biri. Braxma dastlab dunyoni yaratuvchi va boshqaruvchi oliy xudo sifatida namoyon bo‘lgan. So‘nggi davrlarda hinduizmda troitsaning boshqa ikki a’zosi oldinga o‘tib, Braxma oxirgi o‘rinni egallagan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 93.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.