Botniya qoʻltigʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Botniya qoʻltigʻi — Boltiq dengizining shim. qismi, Shvesiya va Finlandiya oraligʻida. Maydoni 117 ming km². Uzunligi 668 km, eni 240 km gacha. Eng chuqur joyi shim.da 112 m, jan.da 290 m. Gidrologik rejimi dengiznikiga oʻxshash. Suvining shoʻrligi shim.da 2—3‰, jan.da 5‰ gacha. Okt.—iyun oylarida muzlaydi. Botniya qoʻltigʻi ga kiraverishda Aland o.lari joylashgan. Asosiy portlari: Vasa, Oulu (Uleaborg), Pori (Finlandiya); Luleo, Sundsvall (Shvesiya).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Botniya qoʻltigʻi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil