Bobooxun Salimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bobooxun Salimov
 Xiva xonligining Qozi-kaloni
Mansab davri
1910 – 1918
 Xiva xonligining Shayx ul-islomi
Mansab davri
1910 – 1918
 Xiva xonligining majlis raisi
Mansab davri
1917 – 1917
Avvalgisi lavozim tashkil etildi
Keyingisi lavozim bekor qilindi
 XXSR adliya vaziri
 
Mansab davri
1920 – 1920 yillar oxiri
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1874
Gurlen, Xiva xonligi
Vafoti 10.05.1929
Siyosiy partiyasi Yosh Xivaliklar
Dini Islom

Bobooxun Salimov (shuningdek Bobo-oxun) (1874-1929) — Xiva xonligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat arbobi.

1874-yilda Gurlen qishlogʻida Salimohunlar oilasida tugʻilgan. Tugʻilganda uning ismini Muhammad Karim qoʻyishgan, keyin esa hurmat-ehtirom uchun unga Bobo oxun laqabini berishgan. Boshlangʻich taʼlimni olgach, Xivadagi Olloqulixon madrasasida oʻqishni davom ettirdi. Arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Madrasada mudarris bo'lib dars bergan.

1910-1918-yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon davrida Bobooxun Salimov mamlakatning Qozi-kalon (oliy qozi) va shayx ul-islomi lavozimlarida ishlagan.[1][2]

1917-yilda Xiva majlisi raisi boʻldi.

1918-1920-yillarda Toʻrtkoʻlda yashab, „Yosh xivaliklar“ partiyasiga aʼzo boʻldi. 1920-yilda Xorazm Xalq Sovet Respublikasini tashkil etishda qatnashib, adliya vaziri etib tayinlanadi. 1924-yilda Xorazm ruhoniylarining birinchi qurultoyini chaqirish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. U mamlakatning erkin demokratik rivojlanishi tarafdori edi.

1920-yilda Xorazm Xalq Respublikasi tashkil qilishda qatnashib, shu yili Rossiya davlati bilan shartnoma tuzish uchun Xorazm davlati tamonidan delegatsiya rahbari bo'lib jo'natiladi.

Mullo Bekchan bilan birgalikda maktab o'quvchilari uchun alifbe, o'qish kitoblari yozgan

1920-yillar oxirida Sovet hukumati tomonidan ziyolilarga nisbatan taʼqib qilinishi natijasida u davlat ishlaridan chetlashtirildi. 1929-yili 10 -mayda davlat xodimlari tamonidan uyiga bostirib borib otib tashlanadi, oila a'zolariga ham hujum qilinadi. Bobo oxun Salimov Qaroqalpog'iston Respublikasining Amudaryo tumanidagi Jumurtog' etagidagi Salomat bobo qabristoniga dafn qilingan.[3].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O'zbekiston tarixi, Toshkent, 1993. 
  • Xorazm Tarixi, Toshkent, 1976. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Davronbek Tojialiev, Bobooxun Salimov (1874-1929)
  2. „CentrAsia, Xorazm Respublikasi (1920-24 gg.)“. 2017-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
  3. „Bobooxun Salimov (1874-1929)“. www.ziyouz.uz (2013-yil 4-iyun). Qaraldi: 2020-yil 26-oktyabr.