Barmoqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barmoqlarodamda qoʻl-oyoq kaftlarining uch qismi; Barmoq beshta boʻlib, har bir barmoqda uchtadan (bosh barmoqda ikkita) naysimon mayda suyaklar — falangalar bor. Barmoqlar oʻzaro boʻgʻimlar, muskullar orqali bir-biri bilan erkin harakat kila oladigan tarzda birlashgan. Odam qoʻl barmoqlarini bukib asboblarni ushlash, mehnat qobiliyatini oshirish imkoniyatiga ega. Shuning uchun tarixiy rivojlanishda bosh barmoq qolgan Barmoqlarga nisbatan koʻndalang joylashib, biror narsani ushlashga moslashgan. Oyoq Barmoqlari bukilib-yozilib odamning yurishiga, tik turganda muvozanatni saqdashga moslashgan. Barmoqlardagi muskullar mayda qon tomir va nervlarga boy, shu tufayli turli nozik harakatlarni (musiqa asbobini chalish, yozish, rasm chizish va h. k.) bajarishga imkon beradi. Ona qornida homilaning notoʻgʻri rivojlanishi natijasida barmoqsizlik (adaktiliya), Barmoqlar sonining kam (oligodaktiliya) yoki koʻp (polidaktiliya) boʻlishi uchrab turadi. Hayvonlarda Barmoqlarning tuzilishi va shakli ularning hayot sharoitiga, bajaradigan vazifasi (kovlash, uchish, suzish)ga qarab turlicha boʻladi. Qushlarda oldingi oyoq qanotga aylanib, uch barmoq rudimenti qolgan, orqa oyogʻida 4 ta barmoq bor. Tuyoqli hayvonlarda esa Barmoqlar tuyoqdan iborat va Barmoqlar

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil