Banokat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Banokat, Fanokat, Sharqiya, Shohruxiya — Sirdaryoning oʻng sohilida, Ohangaron (Iloq) daryosining Sirdaryoga qoʻshilish joyidagi karvon yoʻli yoqasida joylashgan qadimiy shahar harobasi (1 — 18- a.lar). Banokatni havaskor arxeolog D. K. Zatsepin (1876), Ye. T. Smirnov (1894, 1896) oʻrgangan. 1973-yildan Shosh-Iloq ekspeditsiyasi (Yu. F. Buryakov) tekshiradi. Tadqiqotlarga koʻra, dastlab (1-asr) uning mudofaa devori boʻlmay, atrofidagi daryo, shuningdek jarliklar tabiiy mudofaa vositasi rolini oʻtagan, ilk oʻrta asr (5 — 6- a.)da burjli mustahkam mudofaa devori bilan oʻralgan. Banokat hududi 22 ga boʻlib, arki taxminan 1 ga ni egallagan. 12 — 13- a. boshlarida kengaygan (140 ga); u ark, 3 shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Qazishmalar natijasida turli sopol buyumlar (naqshinkor koʻza, kosa, sirlangan lagan va boshqalar), tanga pul va taqinchoqlar topilgan. B.da zargarlik, toʻqimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa rivojlangan, mis, kumush tangalar zarb etilgan. Moʻgʻullar istilosi davrida (1220) B. vayron boʻlgan. 1392 yilda Amir Temur Banokatni qayta tiklab, oʻgʻli Shohrux sharafiga Shohruxiya deb atagan. 18-asr boshlarida oʻzaro urushlar natijasida vayron boʻlgan. Banokat harobasining bir qismini Sirdaryo yuvib ketgan.

Banokat nomi Zahiriddin Muhammad Boburning „Boburnoma“ asarida „Fanokat“ deb nomlanadi.[1]

Banokat nomining ikkinchi qismi, „kat“ soʻzi, sugʻdcha qoʻshimcha boʻlib, shahar maʼnosini bildiradi. Uning boshqa shakllari Samarqand, Xoʻjakand (Xoʻjand), Xoʻqand (Qoʻqon) va Chochkand (hozirgi Toshkent)dagi kabi kat, kant, qanddir. Bu forscha „-kada“ qo‘shimchasiga o‘xshaydi.

Banokatlik mashhur tarixiy shaxslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Amir (vazir maʼnosida) Ahmad Banokatiy: (milodiy 1282 / hijriy 681-yilda oʻldirilgan), Xubilay xonning moliya vaziri va noziri.
  • Muhammad Banokatiy (Tojiddin Abulfazl Muhammad ibn Muhammad Banokati, milodiy 1283-yilda vafot etgan / hijriy 682-yil): diniy alloma boʻlgan, Dovud va Ali Banokatiyning otasi.
  • Ali Banokatiy (Said Nizomiddin Ali ibn Muhammad Banokatiy, 1299-yil / 699-hijriy vafot etgan): Tabrizda yashagan buyuk mutasavvif va soʻfiy, Dovud Banokatiyning ukasi.
  • Abu Sulaymon Banokatiy (vafoti 1330): shoiri va tarixchi, „Ravzat al-Ulu al-Albob fi maʼrifat tavorix al-Akobir va al-Ansob“ (Buyuk odamlar tarixi va nasabnoma) asari muallifi. Bu kitob „Tarixi Banokatiy“ nomi bilan ham mashhur. Dovud Banokati bu kitobni hijriy 1317 / hijriy 717 yilda Abu Said Bahotur uchun yozgan. U Gʻazonxon saroyi shoiri (malik ul-shuaro) boʻlgan.
  • Nosix Banokati (Abul-Muzaffar Qutbiddin Ahmad ibn Mahmud ibn Abu-Bakr, 1272-milodiy / 671-hijriy yil vafot etgan) Xoʻja Nosiriddin Tusiy bilan zamondosh boʻlgan va uning bir qancha asarlarini koʻchirgan taniqli va sifatli nusxachi va xattot.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • B u r ya k o v Yu. F., Genezis i etapi razvitiya gorodskoy kulturi Tashkentskogo oazisa, T., 1982.




  1. https://n.ziyouz.com/books/uzbek_mumtoz_adabiyoti/Zahiriddin%20Muhammad%20Bobur.%20Boburnoma%20(akademik%20nashr).pdf.