Bachadondan tashqari homiladorlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bachadondan tashqari homiladorlik – urugʻlangan tuxum hujayraning bachadondan tashqarida taraqqiy etishi. Urugʻlangan tuxum hujayraning payvandlangan joyiga qarab, homila bachadon nayining oʻzida (Bachadondan tashqari homiladorlik h.ning shu xily eng koʻp uchraydi), tuxumdon yoki qorin boʻshligʻida, shuningdek bachadonning rudimentar shoxida rivojlanishi mumkin. Bachadon naylarida yalligʻlanishga xos oʻzgarishlar (chandiq va boshqalar) boʻli-shi oqibatida ular oʻzining asosiy funkiiyasi, yaʼni urugʻlangan tuxum hujayrani bachadon boʻshligʻiga oʻtkazish qobiliyatini yoʻqotadi (qarang Homshshdorlik), natijada urugʻlangan tuxum hujayra shu joyning oʻzida taraqqiy etadi. Koʻpincha ayollar jinsiy aʼzolari kasalliklari (polip, oʻsma va boshqalar), infantilizm (jinsiy aʼzolarning yetilmay qolishi), bot-bot bola oldirish, bolani uzoq vaqt emizish va boshqa sabab boʻladi. Kasallikning kechishi va belgilari uning xili, bos-qichi hamda homiladorlikning muddatiga bogʻliq. Bachadondan tashqari homiladorlik h.ning hamma xilida ham kindan qonli chiqindi ajraladi, baʼzan qon ketishi, qorin pastila ogʻriq, boʻshashish, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, rang oʻchishi kuzatiladi. Bachadondan tashqari homiladorlik h. bachadon nayida boʻlsa, homiladorlikning 4 – 6 haftasida nay yoriladi, bunda qorin pastila chidab boʻlmaydigan ogʻriq boʻlib, hatto hushdan ketish mumkin. Koʻp qon ketishi tufayli qon bosimi pasayadi, tomir tez, lekin bilinar-bilin-mas u radi. Ogʻirroqhollarda shok roʻy berishi mumkin. Bachadondan tashqari homiladorlik h.ga gumon qilinganda ayol darhol kasalxonaga yotqiziladi va jarroxlik usuli bilan davolanadi. Operatsiyadan keyin maʼlum muddatgacha yalligʻlanish kasalliklarini oʻz vaqtida da-volatish, vaqt-vaqti bilan muntazam tibbiy (asosan akusherginekolog) koʻrikdan oʻtib turish Bachadondan tashqari homiladorlik h.ning oldini olishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bachadondan tashqari homiladorlik" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Skyorovya I. S.Shevchenko T. K., Aktualnoʻe problemoʻ akusherskoy patologii, T., 1990.