Arxeologiya instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti — Oʻzbekiston hududidagi moddiy madaniyat yodgorliklarini oʻrganuvchi ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Tarix va arxeologiya instituti negizida (1970-yil) Samarqandda tashkil etilgan. Arxeologiya instituti Oʻzbekistonda olib boriladigan arxeologik tadqikotlarga ilmiy-meto-dik rahbarlik kiluvchi markaz boʻlib, respublika hududidagi barcha moddiy madaniyat yedgorliklarida qazish ishlari olib borish uchun ruxsatnoma beradi. Uz tadqiqotlarini UzMU, Samarqand Davlat Universiteti, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Sanʼatshunoslik instituti, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Tarix instituti va boshqa il-miy muassa-salar bilan muvofiqlashtirib olib boradi. Arxeologiya instituti xalqaro ilmiy dasturga binoan respublikaning kator vilo-yatlarida Fransiya, Germaniya, Polsha, Italiya, Rossiya kabi mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorlikda arxeologik kazishmalar olib boradi (1984-yildan). Institutda tosh davri arxeologiyasi, Turon arxeologiyasi, Movarounnahr arxeolo-giyasi, ilmiy ishlab chiqarish boʻlimlari; tarixiy yodgorliklarning kimyoviy va texnolo-gik tadqiqoti hamda konservatsiya qilish laboratoriya., kutubxona (55 mingdan ortiq asar) bor; Toshkent, Xiva va Termiz arxeologiya boʻlimlari tuzilgan. 7 fan doktori (3 akademik), 35 fan nomzodi, jami 90 ilmiy xodim ishlaydi. Institut „Oʻzbekiston mod-diy madaniyati tarixi“ nomli yillik toʻplam nashr etadi (1959-yildan). U oʻz faoliyatida arxeologik tadqiqotlarga bagʻishlangan 120 ta ilmiy monografiya (5 tasi ajnabiy tillarda) va turli jurnal va toʻplamlarda mingdan ortiq maqolalar chop etdi. Arxeologiya institutida arxeologiyaning dolzarb masalalari buyi-cha bir necha xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi (1973, 1986, 1988, 1991, 1994, 1997). Institut xodimlaridan A. Asqarov, Yu. F. Buryakov, R. Sulaymonov, M. Isomiddinov, M. Filanovich, T. Xoʻjayov va 665G. Shish-kinalar Oʻzbekiston hududida ilk shahar madaniyatining shakllanishi hamda uning taraqqiyot bosqichlari tarixiga bagʻishlangan 14 monografiya uchun Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar (1985). Institut qoshida aspirantura va doktorantura, arxeologiya mutaxassisligi boʻyicha maxsus doktorlik ilmiy kengashi mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil