Anzur Ismoilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anzur Ismoilov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anzur Husanovich Ismoilov
Tavallud sanasi 21-aprel 1985-yil (1985-04-21) (38 yosh)
Tavallud joyi Samarqand Oʻzbek SSR, SSSR
Boʻyi 1.90 m (6 ft 3 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Lokomotiv
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2001 Oʻzbekiston Soliqchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2002 Oʻzbekiston Dinamo 5 (0)
2002—2003 Oʻzbekiston Traktor 12 (1)
2003—2009 Oʻzbekiston Paxtakor 78 (5)
2006   Oʻzbekiston Dinamo 18 (3)
2010 Oʻzbekiston Bunyodkor 25 (2)
2011—2018 Xitoy Changchun Yatai FC 193 (14)
2018—2019 Oʻzbekiston Lokomotiv 41 (5)
2020—2021 Oʻzbekiston Paxtakor 46 (0)
2022—2023 Oʻzbekiston OKMK 30 (2)
2024— Oʻzbekiston Lokomotiv 0 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2021 Oʻzbekiston 102 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(30-aprel 2023-yil uchun)

Anzur Husanovich Ismoilov oʻzbek futbolchisi 1985-yili 21-aprelda Samarqand shahrida tugʻilgan, ampluasi himoyachi va yarimhimoyachi, hozirda Oʻzbekistonning „Lokomotiv“ futbol klubida oʻynaydi. 2007-yildan beri Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional futboldagi karyerasini 2001-yili Dinamo Samarqand futbol klubida boshlagan,[1] 2002 va 2003-yillari Toshkentning „Traktor“ klubida oʻynagan. 2003-yildan 2009-yilgacha Paxtakor sharafini himoya qilgan boʻlsa,[2] 2010-yilda „Bunyodkor PFK“ klubida 25 oʻyinda qatnashib 2ta golga mualliflik qildi.[3]

2011-yilning 17-fevralidan boshlab Xitoyning Changchun Yatai FC klubiga oʻtdi va hozirgacha oʻsha klub sharafini himoya qilib kemoqda.[4][5] Xitoy chempionatlarida 8 yil davomida harakat qildi.[6][7][8] 2018-yilgi mavsumda Toshkentnig „Lokomotiv“ jamoasi taklifi tufayli vataniga qaytdi va termiryoʻlchilar bilan shartnoma imzoladi.[9] Ikki yil davomida „termiryoʻlchilar“ safida harakat qilgan Anzur 2020-yilgi mavsumda sobiq jamoasi, Toshkentning boshqa bir klubi „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.[10] „Sherlar“ safida 2 mavsum davomida harakat qilib Oʻzbekiston chempioni, Kubok va Superkubok sohiubiga aylandi. 2022-yilgi mavsumdan Olmaliqning „OKMK“ jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda[11]. 2024-yilda sobiq jamoasi, Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga qaytdi va bir yillik shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2007-yili 2-iyulda Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda oʻtkazgan, oʻshanda oʻyinning 70-daqiqasida Anzur jamoadoshi Aleksey Nikolayev bilan almashtirilgan edi.[12]

2013-yilning 10-sentyabrida 2014-yilgi jahon chempionatiga saralash bahslarining 5-roundi ikkinchi javob uchrashuvida Iordaniya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinning boshida gol urib qahramonga aylangan edi, ammo oʻyinning oxirida penaltilar seriyasida gol urolmay, terma jamoaning jahon chempionati saralashdagi odimini toʻxtatgan edi.[13]

2007-yilgi Osiyo kubogida ishtirok etib terma jamoa safida bitta uchrashuvda maydonga tushgan, 2011-yilgi Osiyo kubogida 5ta oʻyinda maydonga tushib yarim final ishtirokchisi boʻlgan boʻlsa, 2015-yilgi Osiyo kubogida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib terma jamoa sharafini himoya qilgan. Jami terma jamoa safida 101 ta oʻyin oʻtkazib raqiblar darvozasini 3 marta ishgʻol qilgan.[14] 2019-yilda terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasadi.[15]

Milliy terma jamoa uchun gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.[16]
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Competition
1. 10 September 2013 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Iordaniya 1-0 1-1 2014 FIFA World Cup qualification
2. 16 June 2015 Kim Il-sung Stadium, Pyongyang, North Korea  Shimoliy Koreya 1-4 2-4 2018 FIFA World Cup qualification
3. 24 March 2016 Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Filippin 1-0[17] 1-0[18] 2018 FIFA World Cup qualification

Doping nazorati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil oktyabr oyida Ismoilov 2009-yil 17-iyunda oʻyindan keyingi doping nazoratida tetrahidrokannabinol (nasha) moddasi mavjudligi uchun uch oyga diskvalifikatsiya qilindi.[19]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Фотомақола. Анзур Исмоилов "ДИНАМО"да!“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  2. „Anzur Ismailov“. footballzz.co.uk. Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  3. Ismailov Husanovich/2006_2007/ficha/136/default/32496 „Anzur Ismailov Husanovich“. zerozero.pt. Qaraldi: 11-aprel 2010. [sayt ishlamaydi]
  4. „亚泰新赛季外援全完成签约 巴西中轴线打造完毕“ (xitoycha). http://sports.sohu.com/.
  5. „Хитой. 22-тур. Анзур Исмоилов гол урди, аммо жамоаси мағлуб бўлди“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  6. „Анзур Исмоилов "Чанчун Ятаи" билан шартномани 2 йилга узайтирди“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  7. „zh:亚泰新赛季外援全完成签约 巴西中轴线打造完毕“ (zh). sports.sohu.com (2011-yil 15-fevral). Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  8. „Анзур Исмоилов "Чанчун Ятай"ни тарк этди“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  9. „Анзур Исмоилов "Локомотив"га ўтди + ФОТО“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  10. „Расман: Анзур Исмоилов "Пахтакор" футболчиси“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  11. „Расмий хабар: Анзур Исмоилов — АГМК футболчиси!“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  12. Mamrud, Roberto „Anzur Ismailov - International Appareances [sic]“. RSSSF.com (2019-yil 28-avgust). Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
  13. Match report, 9–iyul 2014–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 5–mart 2015–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  14. „Match report“. FIFA (2013-yil 10-sentyabr). 2013-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-avgust.
  15. „Анзур Исмоилов терма жамоадаги фаолиятини якунлади“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  16. „Ismailov, Anzur“. National Football Teams. Qaraldi: 2017-yil 30-yanvar.
  17. „Тарихда бугун: Анзурнинг голи терма жамоамизга ғалаба ва ЖЧ-2018 саралаши 3-босқич йўлланмасини тақдим этган. ФОТОМАҚОЛА“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  18. „Ўзбекистон миллий терма жамоасида гол урган энг ёши катта футболчилар билан танишинг“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.
  19. Anzur Ismailov found guilty of anti-doping rule violation, fifa.com, 2 October 2009
  20. „Анзур Исмоилов терма жамоа сафида 100-учрашувини ўтказди“. 2023-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]