Anfol surasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tavba    8–sura   Aʼrof
Anfol surasi — سورة الأنفال
Qurʼon nusxalaridan biridagi Anfol surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 75, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 8, qora rangda - Anfol surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 88, 3. Rukuʼsi soni - 10; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:8, 3. Nozil boʻlish tartibi:88, 4. Rukuʼsi:10, 5. Oyati:75, 6. Porasi (Juzi):9-10 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Oʻljalar[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 177–186[4]
Juz 9-10
Sura raqami 8
Oyatlar soni 75
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 10[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Nozil boʻlish tartibi 88[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Tavba surasi  Keyingisi 8 Oldingisi  Aʼrof surasi
Nozil boʻlish tartibi
Oli Imron surasi   Keyingisi 88 Oldingisi  Baqara surasi
                                   

Anfol surasi (arabcha: سورة الأنفال, nomining maʼnosi — Oʻljalar[8][9]) — Qurʼonning 8-surasi. Madaniy suralardan biri, 75 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 177–186[10]-sahifasida va 9-10-juzida joylashgan. 88-boʻlib nozil boʻlgan.

Suraning mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu surada soʻz, asosan, gʻazot — jang haqida borib, harbiy qonun-qoidalar, urush va tinchlik xolatlari hamda asir va oʻlja olish xususidagi Shariati islomiyyada boʻlgan hukmlar bayon qilinadi.

Bu suraning «Anfol» — «Oʻljalar» deb nomlanishining sababi ham shudir.

U islom tarixidagi ilk jang — Badr jangidagi voqealarni batafsil hikoya qilgani uchun ayrim sahobalar uni «Badr» surasi, deb ham ataganlar. Islomiy gʻazotlar solnomasidan Badr jangi hijriy ikkinchi yilning Ramazon oyida Madinaning janubi-gʻarbida joylashgan Badr qishlogʻida boʻlib oʻtgani maʼlum. Bu jangda musulmonlar adadlari oz boʻlishiga qaramasdan, askarlar sonida ham, harbiy qurol-anjomlarda ham oʻzlaridan bir necha barobar ortiq boʻlgan mushriklar ustidan gʻalaba qozonib, dushmanning yetmish askarini halok qiladilar va yetmish kishini asir oladilar, katta oʻljalarga ega boʻladilar. Jang tugaganidan soʻng oʻljalar taqsimotida ayrim musulmonlar oʻrtasida ixtilof chiqqanda, ularga pand-nasihat qilish va toʻgʻri yoʻl koʻrsatish bilan sura boshlanadi. Sura nihoyasida esa moʻminlar vatan va millatlari bir-biridan qanchalar yiroq va xilma-xil boʻlishidan qatʼiy nazar bir ummat ekanliklari, binobarin, kofir kimsalarning fitnalariga aldanmay, oʻzaro doʻst-birodar boʻlib yashab oʻtishlari lozimligi uqtiriladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

*ANFOL SURASI

Keyingisi: Tavba surasi 8-sura — arabcha matni Oldingisi: Aʼrof surasi