Amman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ammon — Iordaniya poytaxti. Mamlakatning shimoli-gʻarbida, Zarqa vo-diysida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. kishi (1998). Savdo, sanoat va madani-yat markazi. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Nef-tni qayta ishlash, sement, toʻqimachilik, tamaki, koʻn-teri, oziq-ovqat (meva va sabzavot konservalash, sut zavodlari, qandolatchilik fabrikasi) sanoati korxo-nalari bor. Turizm rivojlangan. Universitet, arxeologiya va islom muzeylari bor. Shahar qadimda Rabot -Ammon nomi bilan mashhur boʻlgan, yunonlar va rimliklar hukmronligi davrida Filadelfiya deb atalgan. VII-IX asrlarda Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. X asrda xalifalik parchalangach, Misr va Suriyadagi turli davlatlar tasarrufida boʻlgan. 1516-1918-yillarda Turkiya sultonligi tarki-bida. 1921-yilda Transiordaniya amirli-gi tuzilgach, uning poytaxti, 1946-yildan mustaqil Hoshimiylar podsholigining poytaxti. Shaharda mil. boshlariga oid teatr, ibodatxona binolari harobalari, arablar davrida qurilgan qal’a, 19-asrda bunyod etilgan saroylar, Al-Husayn masjidi (1924) va boshqa saqlangan. Hozirgi Ammanda 3-4 qavatli zamonaviy binolar qurilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil