Amir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Said Olimxon (amir)

Amir (arabcha: امير‎ — amr qiluvchi, boshliq, hokim) — lashkarboshi, hokim, bek. Arab xalifaligining dastlabki xalifalari va umaviylar davrida alohida qoʻshin qoʻmondonlari A. deb atalib, ular odatda zabt etilgan viloyatlarga noib etib tayinlanganlar. Xalifalarga Umar ibn al-Xattobdan boshlab „A. al-moʻminin“ („Moʻminlar A.i“) unvoni berilgan. Abbosiylar davrida A. odatda xalifalarning oliy hukmdor ekanligini tan olgan hokimlar, shuningdek xalifalikka nomigagina qaram boʻlgan sobiq noiblar (agʻlabiylar, tu-luniylar, tohiriylar) yoxud qurol kuchi bilan oʻzlari davlat barpo etgan mustaqil hokimlar (safforiylar, taznaviylar, buvayhiylar); ularni 10-asrda sultonlar deb ham atay boshlashgan. 10-asr oxiri — 11-asr boshida A. deb turli tabaqaga mansub hokimlar va lashkarboshilar (ay-yubiylar, mamluklar davlatlari va boshqalarda) atalgan. Oʻrta asrlarda Movarounnahr xonliklarida Amir ul-umaro, Amiri shikor mansablari mavjud boʻlgan. Oltin Oʻrda, soʻngra Movarounnahr va Eronda moʻgʻullar istilosidan soʻng A. deb uluslar boshliqlari atalgan (bek yoki noʻyon maʼnosida). Bu unvonni Amir Temur ham olgan; temuriylar sulolasiga man-sub shahzodalar Amirzoda (amir oʻgʻli) deb atalib, mirzo uning qisqartirilgan shaklidir. 18-asr oxiridan eʼtiboran Buxoro xonligi hukmdorlari oʻzlarini A. deb atay boshlaganlar. Safaviylar Eronida A.- viloyat hokimlari (odatda qabila boshliqlari, xonlar va sultonlar), Afgʻonistonda A. unvonini barakzoylar sulolasi hukmdorlari Doʻstmuhammadxondan boshlab olganlar. 20-asrda monarxik arab davlatlarida (mas, Saudiya Arabistonida) A.- hukmron su-lolaning valiahd shahzodalari.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil