Almandin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Almandin — granatlar guruhiga mansub mineral. Qattiqligi 7-7,5. S.ogʻ. 3,8-4,3. Rangi qizil, toʻq qizil. Shisha-simon va yogʻsimon, yaltiroq. A. slyudali slaneslarda, granitlarda, granitli peg-matitlarda uchraydi. Markaziy Osiyoda A. pegmatitlar ichidan topilgan. Juda yaltiroq, shaffof A. qimmatbaho tosh hisoblanib, zargarlik buyumlari yasashda ishlatiladi. Bunday A. baʼzan yoqut deb ataladi. A.ning nuqsonli turlari abra-ziv material sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil