Alan Baker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alan Baker
Tavalludi 19-avgust 1939-yil
London, Angliya
Vafoti 4-fevral 2018-yil(2018-02-04)
(78 yoshda)
Kembrij, Angliya
Fuqaroligi Britaniya
Sohasi Matematika
Institutlar Cambridge universiteti
Taʼlimi London kollej universiteti
Cambridge universiteti
Akademik rahbarlari Harold Davenport
Mashhur shogirdlari John Coates
Yuval Flicker
Roger Heath-Brown
David Masser
Cameron Stewart
Mashhur ishlari Sonlar nazariyasi
Diophantine tenglamalari
Baker teoremasi
Mukofotlari Fields medali (1970)
Adams mukofoti (1972)

Alan Baker (talaffuzi: Alan Beyker) (19-avgust 1939-yil — 4-fevral 2018-yil) — britaniyalik matematik. Baker sonlar nazariyasidagi samarali uslublar, xususan, tanssendent sonlar teoriyasidan kelib chiqadigan metodlar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1970-yil 31 yoshida Fields medali bilan taqdirlangan.

Baker London kollej universitetida tahsil olgan, Cambridge universiteti qoshidagi Trinity kollejidan PhD darajasini olgan. 2006-yilgacha Cambridge universitetida sof matematika professori lavozimida ishlagan. Olim sonlar nazariyasi bilan bir qatorda logarifmik formalar, samarali uslublar, Diophantus geometriyasi hamda Diophantus analizi sohalarida ishlab keladi.

Baker 1972-yilda Adams mukofotiga sazovor boʻlgan, 1973-yilda London qirollik jamiyatining aʼzosi etib saylangan. 2012-yilda esa Amerika matematika jamiyati aʼzosi etib tayinlangan. Olim Hindiston Fanlar akademiyasining xorijlik aʼzosidir.