Akshay Venkatesh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akshay Venkatesh
Tavalludi 21-noyabr 1981-yil (1981-11-21) (42 yosh)
Dehli, Hindiston
Fuqaroligi Avstraliya
Sohasi Matematika
Ish joylari Perspektiv tadqiqotlar instituti
Stanford universiteti
Courant matematika fanlari instituti
Akademik rahbarlari Peter Sarnak
Mukofotlari Salem mukofoti (2007)
SASTRA Ramanujan mukofoti (2008)
Infosys mukofoti (2016)
Ostrovskiy mukofoti (2017)
Fields medali (2018)

Akshay Venkatesh (1981-yil 21-nayabrda tugʻilgan) — hindistonlik va avstraliyalik matematik. Venkatesh sanash, avtomorfik formalar hamda sonlar nazariyasini oʻrganib keladi. 2018-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Venkatesh ham Xalqaro fizika olimpiadasida, ham Xalqaro matematika olimpiadasida medallarni qoʻlga kiritgan yagona avstraliyalikdir. U Fields medalini qoʻlga kiritgan ikkinchi avstraliyalik va kelib chiqishi hindistonlik boʻlgan ikkinchi olimdir.

Venkatesh Dehlida tugʻilgan. Ikki yoshida oilasi Avstraliyaga koʻchib borgan. 16 yoshida Gʻarbiy Avstraliya universitetini aʼlo baholar bilan tamomlagan. 2002-yil Peter Sarnak rahbarligida Princeton universitetidan PhD darajasini olgan.