Aeroport

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aeroport

Aeroport (aero… va port) — yoʻlovchilar, yuklar va pochtani havo transporti vositalarida muntazam tashishni taʼminlovchi binolar, inshoatlar (aerodrom bilan birga) va jihozlar majmuasi. Xalqaro va mahalliy A.ga boʻlinadi. A. tarkibiga aerovokzal, pochta boʻlimlari, yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash jihozlari boʻlgan ombor, ustaxonalar, angar, moddiy-texnika jihozlari, yonilgʻi quyish vositalari va boshqa saqlanadigan omborlar kiradi. A. radiolokatorlar, avtomatik radiotexnika vositalari, yorugʻlik signali tizimlari, navigatsiya qurilmalari va boshqa bilan jihozlangan boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Aeroport" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil