Abu Ali Sagʻoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Abu Ali Sagʻoniy (Chagʻoniy) (? −955) — Sagʻoniyon (Chagʻoniyon) hukmdori. 939 yildan somoniylarning Xurosondagi noibi. 945 yil noiblikdan boʻshatilgani uchun amir Nuhga qarshi quzgʻolon koʻtarib, yangi noib Ibrohim ibn Simjoʻrni Xurosondan quvib chiqargan. Amir 948 yil dekabrda sulh tuzib, uni qayta noiblikka tayinlagan boʻlsada, koʻp oʻtmay bu qarorini bekor qilgan. Shunda A. A.S. buvayhiylar yordamida amirga qarshi qoʻzgolon koʻtargan, ammo Abdulmalik ibn Nuh davri (954-961)da Xurosonni tashlab ketishga majbur boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abu Ali Sagʻoniy" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil