Aberratsiya (biologiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aberratsiya, biol.da — 1) morfo-logiya va fiziologiyada — odatdagi tuzi-lish va funksiyalardan, yaʼni normadan chetga chiqish; 2) genetik a d a — xromoso-malar tuzilishining oʻzgarishi. A. tabi-iy va eksperimental yoʻllar bilan vujudga keladi. A. ikki xil — bitta xromosomada yoki xromosomalararo sodir boʻlishi mumkin. Birinchi holda xromosomaning maʼlum qismi tushib qoladi, juftla-nadi yoki ulardagi genlarning joyla-nish tartibi oʻzgaradi, ikkinchi hodsa nogomologik xromosomalarning maʼlum qismlari oʻzaro oʻrin almashinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil