Abdulmalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdulmalik (646/647-705) — uma-viylarta mansub xalifa (685-705). Abdulmalik 685-692 yillarda Makkada Abdulloh ibn Zubayr va Iroqda uning tarafdorlari-ni, 689-702 yillarda Damashqda Amr ibn Sayd al-Ashdaq va Eronda Abdurahmon ibn al-Ashʼasni, shuningdek xorijiylarning Iroqdagi chiqishlari (692-97)ni bostirgan; xalifalikdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markaziy hokimiyatni mustahkamlagan; moliya va soliq islohotlari oʻtkazgan; devon va idoralarda yunon, oʻrta fors tillari oʻrniga arab tilida ish yuritishni joriy etgan; Vizantiya va sosoniylar tangalarini bekor qilib, arabcha yozuvli oltin va kumush tangalar zarb qildirgan, bariyd (pochta) ishini yoʻlga qoʻygan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abdulmalik" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil