Tohir Malik: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
DastyorBot (munozara | hissa)
k fix
k Abdulla moved page Malik, Tohir to Tohir Malik over redirect
(Farq yoʻq)

27-Dekabr 2012, 13:07 dagi koʻrinishi

Andoza:Oʻzbek adabiyoti

Tohir Malik Abdumalik oʻgʻli Habilovning adabiy taxallusi, Toshkentda tugʻilgan, Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966 yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir «Sharq» NMAK Bosh tahririyatida muharrir.

T. Malik. Shaytanat

Hozirgacha yozuvchining 20dan ortiq qissasi chop etildi. 1971 yilda chop etilgan «Hikmat afandining oʻlimi» dan keyin «Falak» (1976), «Somon yoʻli elchilari» (1976) tahayyul, ilmiy-tahayyul qissalari bosildi. «Chorrahada qolgan odamlar» qissasida tahayyul va detektiv xususiyatlari seziladi. «Alvido bolalik» (1989), «Qaldirgʻoch» (1987) qissalarida muhim mavzu ishlanadi. Mutaqillik yillarida T.Malik «Soʻnggi oʻq» (1990), 4 qismdan iborat «Shaytanat» (1994—2001), «Odam ovi» (2001), «Charxralak», «Murdalar garirmaydilar» (1999) qissalarini chop ettirdi. Yozuvchi 20 asrdagi hayotni, kishilar taqdirini goh tahayyul, goh izchil xolis, goh detektiv yoʻsinda tasvirlaydi. U qissa janri imkoniyatlarini uzluksiz boyitib bormoqda. 2002 yilda yozuvchining «Mehmon tuygʻular» oʻylari, «Jinoyatning uzun yoʻli» risolasi chop etildi. Tohir Malikka «Oʻzbekiston xalq yozuvchisi» unvoni berilgan (2000). Mustaqillik yillarida eng koʻp adadda kitob chop ettirgan Tohir Malikdir.

Asarlari

Adabiyotlar

  • A. Rasulov «Koʻrgulik» Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati, 1991, 2 avgust.

Tohir Malik internetda