Meteorologiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xqbot (munozara | hissa)
k r2.7.3) (Bot qoʻshdi: war:Meteorolohiya; cosmetic changes
EmausBot (munozara | hissa)
k r2.7.2+) (Bot qoʻshdi: fo:Veðurfrøði
Qator 46: Qator 46:
[[fi:Meteorologia]]
[[fi:Meteorologia]]
[[fiu-vro:Meteoroloogia]]
[[fiu-vro:Meteoroloogia]]
[[fo:Veðurfrøði]]
[[fr:Météorologie]]
[[fr:Météorologie]]
[[frr:Wääderkunde]]
[[frr:Wääderkunde]]

12-Dekabr 2012, 15:19 dagi koʻrinishi

Hugo toʻfoni satellit surati, 1989. Yuqori oʻng burchakda qutb depressiyasi koʻrinadi.

Meteorologiya (qadim. yun. μετά — „nari“, „keyin“, ἀείρω — „havolataman“, -λογία — „oʻqish-oʻrganish“; „havodagini oʻrganish“) atmosferani oʻrganuvchi fan sohalari majmuidir. Unga ming yillar ilgari asos solingan boʻlsa-da, XVIII asrgacha meteorologiyada tayinli ilgʻorlanish boʻlmagan. XIX asrda kuzatuv tarmoqlari rivojlanishi ayniqsa jabhaga ijobiy taʼsir qildi. XX asr ikkinchi yarmida axborot texnologiyalari jadallashuvi va Yer atmosferasini fazodan kuzatish imkoni paydo boʻlishi ortidan ob-havo bashoratida katta taraqqiyot sodir boʻldi.

Meteorologiya ob-havo hodisalarini oʻrganadi, izohlaydi va bashorat qilishga urinadi. Bu hodisalar Yer atmosferasiga xos oʻzgaruvchan faktorlar: harorat, havo bosimi, suv bugʻi va ularning oʻzaro turli darajada taʼsirlanishi, vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishiga bogʻliq. Atmosfera fenomenlari turli miqyoslarda: mahalliy, mintaqaviy va global tizimlarda ob-havo va iqlimga qanday taʼsir qilishi oʻrganiladi.

Meteorologiya, iqlimshunoslik, atmosfera fizikasi va kimyosi atmosfera fanlari ichiga kiradi. Meteorologiya va gidrologiya chatishmasi esa gidrometeorologiya sohasini hosil qilgan.

Meteorologiya harb, logistika, ziroatchilik, qurilish, transport kabi soha va faoliyatlar uchun juda muhimdir.

Havolalar