Umarali Normatov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uzgen (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
 
Uzgen (munozara | hissa)
(Farq yoʻq)

22-May 2006, 22:20 dagi koʻrinishi

Umarali Normatov Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Farg’ona viloyatining Rapqon qishlog’ida tug’ilgan. O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu O’zMU) filologiya fakultetini tugatgan (1952-1957), aspiranturasida ta’lim olgan (1959-1962).

1962 yildan hozirgi kungacha o`zbek adabiyoti kafedrasida katta o`qituvchi, dotsent, professor, mudir bo`lib ishlamoqda. Adabiy tanqidchilik faoliyatini 1957 yildan boshlagan: hozirgacha 20 dan ortiq kitobi, 500 dan ortiq maqola, taqrizlari bosilgan. Adabiyotshunos olimning faoliyati yaxlit holda zamonaviy adabiy jarayon hamda yangi o`zbek adabiyoti tarixi, taraqqiyoti masalalari yechimiga yo`naltirilgan.

U 1962 yilda filologiya fanlari nomzodi, 1978 yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. “Nasrimiz ufqlari” (1974), “Yetuklik” (1982), “Qalb inqilobi” (1986), “Qodiriy bog’i” (1996), “Umidbaxsh tamoyillar” (2000) singari asarlarida yangi o`zbek adabiyoti, uning namoyandalari ijodining muhim tomonlari yoritib berilgan. U. Normatov “O’zbekiston fan arbobi” (1981), O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1989).


Asarlari: Normatov U. Janr imkoniyatlari. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970. Normatov U. Yetuklik. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982. Normatov U. Qodiriy bog’i. T.: “Yozuvchi”, 1996. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. T.: “Ma’naviyat”, 2000.


Adabiyotlar: Yoqubov O. Tanqidchining kamoli. “Sharq yulduzi” jurnali, 1981, 1-son. Sharafiddinov O. Go`zallik izlab. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1985, 198-208 sahifalar.