Makka: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
EmausBot (munozara | hissa)
k r2.7.3) (Robot: Modifying tl:Meka to tl:Mecca
MerlIwBot (munozara | hissa)
k Bot tuzatdi: tl:Meccatl:Meka
Qator 140: Qator 140:
[[th:มักกะฮ์]]
[[th:มักกะฮ์]]
[[tk:Mekge]]
[[tk:Mekge]]
[[tl:Mecca]]
[[tl:Meka]]
[[tr:Mekke]]
[[tr:Mekke]]
[[tt:Мәккә]]
[[tt:Мәккә]]

16-Noyabr 2012, 15:58 dagi koʻrinishi

Fayl:Makkah (Mecca) (2).jpg
Makka shahri

Makka (arabcha: مكّة المكرمة‎ Makkah Al-Mukarramah) — musulmonlarning muqaddas shahri. Saudiya Arabistonining gʻarbida, Qizil dengiz sohilidan 80 km uzoqlikda togʻlar orasida joylashgan bu shaharni arablar Umm ul-Qurro, Umm ul-Madoin, yaʼni shaharlar onasi deb yuritadilar. Qurʻonda „Bakka“ nomi bilan kelgan. U Hijozning maʼmuriy va savdo markazi, musulmonlar haj qiladigan — musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan joy. Qurʻoni karim 114 surasining 86 tasi Makkada nozil boʻlgan. M.da Kaʼba bilan bosh masjid — Harom masjidi bor. Makka — islom dinining Muhammad paygʻambari (sav)ning vatanlari, arablarning qadimgi ziyoratgohi. Musulmon rivoyatlariga koʻra, Makkada Odamato va Momohavo hamda Shis, Ibrohim, Ismoil va Hojar yashaganlar. Makka shahrigaga qachon asos solingani maʼlum emas.

Makka 1850 yil
Makka 1910 yil

Ilk bor Zamzam bulogʻi tevaragida aholi yashash maskanlari paydo boʻlgani haqida maʼlumot bor. Islomga qadar Makka majusiy arab qabilalarining diniy hamda Sharq bilan Oʻrta dengiz boʻyidagi davlatlar oʻrtasidagi muhim savdo markazi boʻlgan. Islom vujudga kelishidan koʻp asrlar ilgari Makkadagi Kaʻba ibodatxonasi arab qabilalarining ziyorat markazi boʻlib, unda qabila xudolarining sanamlari saqlangan. Shahar birinchi marta yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida Makoraba nomi bilan tilga olingan va bu yerda milodiy 2-asrda ibodatxona mavjudliga aytib oʻtilgan. Makkada paygʻambar Muhammad (sav) tavallud topganlar va shu yerda islom targʻibotini boshlaganlar. Muhammad (sav) 622 yil oʻz sahobalari bilan Makkadan Yasrib (keyinchalik al-Madina deb ataladigan) shahriga hijrat qilganlar. Rivoyatga koʻra, qadimgi Jurhum, Xuzoʻa qabilalari, 4-asr oxiridan esa, Quraysh qabilasi koʻchib kelib yashay boshlagan. 6-7-asr oʻrtalarida Kaʻbadan 800—900 metr shimoli-sharqqa va taxminan 500 m janubi-gʻarbga choʻzilgan vodiy boʻylab aholi istiqomat qilardi. Markazda, Kaʼbadan janubroqda bozor boʻlgan. Turar-joylar devorlar bilan oʻralgan katta hovlilardan iborat boʻlib, hovli ichida qavmi qarindosh oilalarning imoratlari joylashgan. Oʻsha vaqtda Makkada 6-7 ming aholi yashagan. Makkada sugʻorish uchun suv yoʻqligi, muqaddas hududda dehqonchilik va ov bilan shugʻullanish man qilingani ustiga atrofdaga qabilalar uchun muqaddas hisoblangani tufayli qurayshlarning savdo bilan mashgʻul boʻlishiga toʻgʻri kelgan. Shahar aholisi asosan diniy marosimlar uchun zarur boʻlgan buyumlarni tayyorlagan va hajga kelganlarga xizmat qilgan. Muhammad (sav) Makkadan chiqib ketgach, Madinadagi yangi masjidni Kaʻbaga qarshi qoʻya boshlaganlari yoʻq, aksincha, uni Kaʻba (qibla)ga toʻgʻrilaganlar. 630 yil musulmonlarning Makkani fath etishlari shaharning muqaddas markaz sifatidagi alohida mavqeini tiklabgana qolmay, uni yangi maqomga koʻtardi; haj qilish marosimida Kaʼbani tavof qilish bilan birga Arafot togʻiga koʻtarilish ham qoʻshiddi; Makkani ziyorat qilish islomning asosiy ruknlaridan biri hisoblanadi. Umaviylar davrida Makka rivojlandi va qiyofasi butunlay oʻzgardi: bir qavatli imoratlar oʻrnida koʻp qavatli uylar va qasrlar qad koʻtardi. Makka maʼmurlari suv yigʻiladigan inshootlar bunyod etdilar, osma quvurlar oʻtkazdilar, shahar atroflarida bogʻ-rogʻlar paydo boʻddi. Xalifalikning hamma tomonidan kela boshlagan mablagʻlar, shuningdek, ziyoratchilardan tushgan daromad makkaliklarni imtiyozli musulmonlar guruhiga aylantirdi. Kaʼba 624 yil qibla deb eʼlon qilinganidan keyin Kaʼbaga tomon qarab ibodat qilina bopshagan.19-asr boshigacha Makkani Gʻarbiy Arabistonda hokimiyatni amalga oshirgan davlatlarning noiblari boshqarib kelganlar, lekin shaharning ichki hayotida koʻp narsalarni shariflar (Muhammad (sav) avlodlari) hal qilardi. Maʼlumki, Bagʻdod xalifaligi inqirozga uchraganidan soʻng Makka fotimiylar, ayyubiylar va mamluklar qoʻl ostiga, keyinchalik — 1517 yilda Usmonli turk saltanati tobeligiga oʻtdi. 1925 yildan Saudiya Arabistoni tarkibida. Islom dini amal qilayotgan 14 asrdan ortiq vaqt davomida Makka gʻayridinlar uchun yopiq shahar hisoblanadi, ammo 18-asrdan eʼtiboran yevropalik ayrim tadqiqotchilar musulmon ziyoratchilari niqobida unga kira boshlaganlar. 20-asr boshigacha Makka abbosiylar davridagi hududga teng joyni egallab kelgan, doimiy aholisi 50 ming kishidan oshmagan. Hozirgi vaqtda Makkaning tub aholisi salkam 0,5 mln. kishini tashkil etadi, shahar avtomobil yoʻllari orqali tashqi dunyo bilan bogʻlangan.

Andoza:Link FA