Oʻzbekiston: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
ZéroBot (munozara | hissa)
k r2.7.1) (Bot qoʻshdi: ang:Usbecistan
Qator 236: Qator 236:
[[am:ኡዝቤኪስታን]]
[[am:ኡዝቤኪስታን]]
[[an:Uzbekistán]]
[[an:Uzbekistán]]
[[ang:Usbecistan]]
[[ar:أوزبكستان]]
[[ar:أوزبكستان]]
[[arc:ܐܘܙܒܩܣܛܐܢ]]
[[arc:ܐܘܙܒܩܣܛܐܢ]]

14-Oktyabr 2012, 10:02 dagi koʻrinishi

Oʻzbekiston Respublikasi
ShiorKuch adolatdadir
Madhiya: Serquyosh, hur oʻlkam...
Location of Oʻzbekiston
Poytaxt Toshkent
Eng katta shahar Toshkent
Rasmiy til(lar) oʻzbekcha, qoraqalpoqcha (Qoraqalpogʻiston)
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Shavkat Mirziyoyev
Tanzila Norboyeva
Abdulla Oripov
Mustaqillik (Sovet Ittifoqidan)
• Eʼlon qilingan
  1-sentabr 1991-yil
• Tan olingan
  8-dekabr 1991-yil
Maydon
• Butun
448 978 km2 (56-oʻrin)
• Suv (%)
4,9
Aholi
• 2022-yilgi roʻyxat
35 821 029[1][2][3][4] (41-oʻrin)
• Zichlik 78.6/km2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun
$80 milliard[5] (78-oʻrin)
• Jon boshiga
$1,831[5]
Pul birligi Oʻzbek soʻmi (UZS)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qisqartma UZ, UZB
Telefon prefiksi 998
Internet domeni .uz
Chorvoq suv ombori
Kaltaminor minorasi

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) Markaziy Osiyoda joylashgan mamlakatdir.

Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri. Davlat tili — Oʻzbek tili. Maydoni — 448,900[6] km2. Aholi soni (2012) — 29,559,100[7] . Pul birligi — so'm.

Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.

Tarixi

Geografiya

Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimolidan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirgʻiziston (chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afgʻoniston (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh.

Demografiyasi

Oʻzbekiston aholisi 29,559,100 kishini tashkil qiladi (2012-yil, I-chorak). Aholining aksari qismi (81,7 %[6]dan koʻprogʻi — 24,15 mln.kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 3 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 2,5 millionlik tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 36 % shaharlarda va 64 % — qishloqlarda istiqomat qiladi.

Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 81,7 %[6]ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.

Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 39 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 54 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.[8]

Etnik tarkibi

Maʼlumot 2000-yilga tegishli:

Madaniyat

Qadimdan Oʻzbekiston zamini Oʻrta Osiyoda madaniyat oʻchogʻi boʻlib kelgan. Bu yurtdan chiqqan olim-u shoirlar butun dunyoni lol qoldirgan. Hozir ham davlat tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar natijasida Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasi rivojlanmoqda. O'zbek kinolari xalqaro kinofestivallarning gʻolib boʻlmoqda. Oʻzbekistonda ayniqsa qoʻshiqchilik sanʼati keng rivojlangan. Oʻzbek primadonnasi nomini olgan Yulduz Usmonovani nafaqat Oʻrta Osiyoda, balki butun dunyo boʻylab muhlislarini topish mumkin. Shu qatorga yana Sevara Nazarxon, Ozodbek Nazarbekov Rayhon, larni qoʻshish mumkin.

Din

Aholining koʻpchilik qismi islom dinining hanafiya mazhabidagi musulmonlardir. Bundan tashqari mamlakatda masihiylik dinining provoslav, katolik va protestant mazhablari, yahudiylik dini hamda Iyegova shohidlari mavjud.

Iqitisod

Taʼlim

Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joiy, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaetganligidan qatʼi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shahslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Davlat va Siyosat

Milliy bayramlar

1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb eʼlon qilingan:

  • 1 Yanvar — „Yangi Yil Bayrami“
  • 14 Yanvar — „Vatan Himoyachilari kuni“
  • 8 Mart — „Xalqaro Xotin-Qizlar kuni“
  • 21 Mart — „Navro`z Bayrami“
  • 9 May — „Xotira va Qadirlash kuni“
  • 1 Sentyabr — „Mustaqillik kuni“
  • 1 Oktyabr — „Oʻqituvchi va Murabbiylar kuni“
  • 8 Dekabr — „Konstitutsiya kuni“
  • Ramazon Hayit (Iyd-al-Fitr) bayrami
  • Qurbon Hayit (Iyd-al-Adha) bayrami

Xalqaro Munosabatlar

Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi [1]. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega:

  • BMT
  • Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi
  • BMTning milliyxalqlar Fondi
  • Qochoqlar boʻyicha BMTning Oliy Komissariat boshqarmasi
  • BMTning bolalar fondi vakolatxonasi — UNICEF
  • BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi
  • Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti- EXHT /ОSCЕ
  • Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi — ICRC
  • Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari fyedyeratsiyasining vakolatxonasi — Red Cross

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar:

Viloyatlar

Oʻzbekiston 12 ta viloyat (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat.

Boʻlinishi Markazi Maydoni (kv.km) Aholisi Raqam
Andijon viloyati Andijon 4,200 1,899,000 2
Buxoro viloyati Buxoro 39,400 1,384,700 3
Fargʻona viloyati Fargʻona 6,800 2,597,000 4
Jizzax viloyati Jizzax 20,500 910,500 5
Xorazm viloyati Urganch 6,300  1,200,000 13
Namangan viloyati Namangan 7,900 1,862,000 6
Navoiy viloyati Navoiy shahri 110,800 767,500 7
Qashqadaryo viloyati Qarshi 28,400 2,029,000 8
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus 160,000 1,200,000 14
Samarqand viloyati Samarqand 16,400  2,322,000 9
Sirdaryo viloyati Guliston 5,100 648,100 10
Surxondaryo viloyati Termiz 20,800 1,676,000 11
Toshkent viloyati Toshkent shahri 15,300  4,450,000 12

Tabiiy resurslar

O‘zbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor.

Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilg‘ining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qo‘ngʻir va yarim kokslanadigan ko‘mir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning ko‘p turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir.

Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda.

Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra O‘zbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.

Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha yettinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi.

Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.

Buxoro


Transport


Galereya

Eslatmalar

  1. https://stat.uz/uz/
  2. „Госкомстат подсчитал население Узбекистана“. Взгляд.uz. Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
  3. „Asosiy demografik ko’rsatkichlar“ (Uzbek). Stat.uz (5-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 6-iyul 2022-yil.
  4. „Численность населения Узбекистана превысила 30 млн. человек“ (Russian). Uzreport.com (5-sentabr 2013-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2013-yil.
  5. 5,0 5,1 „World Economic Outlook Database, October 2019“. IMF.org. International Monetary Fund (15-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2019-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : Svedeniya o Respublike Uzbekistan
  7. Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : Informatsionnaya slujba Goskomstata : Demograficheskie dannie — Novosti GKS
  8. www.gov.uz

Havolalar

Andoza:Link FA