Matyoqub Qoʻshjonov: Versiyalar orasidagi farq
k Abdulla moved page Qoʻshjonov, Matyoqub to Matyoqub Qoʻshjonov |
DastyorBot (munozara | hissa) k fix |
||
Qator 8: | Qator 8: | ||
Olim oʻzbek adabiyotshunoshligi va tanqidchiligiga ilmiy izchillik olib kirdi. U xarakter muammosiga bogʻliq holda syujet, kompozitsiya, konflikt, badiiy til haqida ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratdi. Mustaqillik davrida M. Qoʻshjonov A. Qodiriy, A. Oripov ijodi haqida tadqiqot yaratdi. Yangi sharoitda bir qancha asarlarni yangicha talqin va tahlil qildi. |

==Asarlari== |
==Asarlari== |
||
Qator 17: | Qator 16: | ||
* Shedrost talanta. Moskva. «[[Sovetskiy pisatel]]», 1980. |
* Shedrost talanta. Moskva. «[[Sovetskiy pisatel]]», 1980. |
||
* Dagish. [[Toshkent]], «[[Xalq merosi nashriyoti]]», 1997. |
* Dagish. [[Toshkent]], «[[Xalq merosi nashriyoti]]», 1997. |
||
==Adabiyotlar== |
==Adabiyotlar== |
||
* Quljonov A. Ilm va ijod olamida. [[Toshkent]], Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980, 149—171 sahifalar. |
* Quljonov A. Ilm va ijod olamida. [[Toshkent]], Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980, 149—171 sahifalar. |
||
* Oʻtayev Oʻ. Uslub va mahorat (adabiy portret). [[Toshkent]], Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1979. |
* Oʻtayev Oʻ. Uslub va mahorat (adabiy portret). [[Toshkent]], Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1979. |
||
3-Oktyabr 2012, 12:39 dagi koʻrinishi
Matyoqub Qoʻshjonov Oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918 yil 5 mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati Hallang qishlogʻida tugʻilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), Oʻzbekiston Respublikasi FAning aʼzosi (1979), Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).
30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi oʻqituvchilar institutida oʻqigan. 1941—1945 yillarda urushda qatnashgan, mergan boʻlgan. 1945—1950 yilllarda Oʻrta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan, imtiyozli diplom olgan. 1950—1954 yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi apparatida ishlagan.1954-1957 yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida oʻqidi. 1957—1960 yillarda SAGU filologiya fakultetida oʻqituvchi boʻldi. 1960 yildan Oʻzbekiston FAning Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor, boʻlim boshligʻI boʻlib ishlagan. Hozir ham shu dargohda faoliyat koʻrsatmoqda.
Matyoqub Qoʻshjonov 40dan ortiq ilmiy, adabiy-tanqidiy, badia, tarixiy biografik xotira kitoblar muallifi. XX asrda yashagan taniqli yozuvchilar, eng muhim badiiy asarlar haqida olim risolalar, adabiy portretlar, tanqidiy ocherklar yozdi. Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor ijodi talqini va tahlili olim faoliyatining asosidir. M. Qoʻshjonov oʻnlab oʻta jiddiy, tahliliy taqrizlar muallifi.
Olim oʻzbek adabiyotshunoshligi va tanqidchiligiga ilmiy izchillik olib kirdi. U xarakter muammosiga bogʻliq holda syujet, kompozitsiya, konflikt, badiiy til haqida ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratdi. Mustaqillik davrida M. Qoʻshjonov A. Qodiriy, A. Oripov ijodi haqida tadqiqot yaratdi. Yangi sharoitda bir qancha asarlarni yangicha talqin va tahlil qildi.
Asarlari
- Hayot va mahorat. Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1962.
- Oybek mahorati. Toshkent, Badiiy adabiyot nashriyoti, 1965.
- Saylanma. I va II jild. Toshkent, Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1982—1983/
- Jizn. Xarakteri. Masterstvo (rus tilida). Toshkent, Izdatelstvo xudojestvennoy literaturi, 1963.
- Shedrost talanta. Moskva. «Sovetskiy pisatel», 1980.
- Dagish. Toshkent, «Xalq merosi nashriyoti», 1997.