Enigma: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1: Qator 1:
{{tahrirlanmoqda}}
{{musiqiy kollektiv
{{musiqiy kollektiv
| guruh_nomi = Enigma
| guruh_nomi = Enigma
Qator 167: Qator 166:


== Butleglar ==
== Butleglar ==
Izoh: Ushbu albomlar, Enigma loyihasiga aloqador bo'lmagan, boshqa ijrochilar ashulalarining to'plami yoki nusxalaridir.
Zamechanie: Eti albomi yavlyayutsya lje-albomami ili butlegami — sbornikami ili kopiyami pesen drugix ispolniteley, ne imeyuщix otnosheniya k proektu Enigma.


* Metamorphosis — samiy populyarniy i shiroko rasprostranyonniy butleg Enigma, vipuщenniy v ojidanii alboma The Screen Behind The Mirror. Podrobnoe opisanie butlega s ukazaniem vsex voshedshix v nego ispolniteley — na sayte Mir Enigma.
* Metamorphosis — Enigmaning eng mashxur va keng tarqalgan butlegi, The Screen Behind The Mirror albomi kutilgan paytda chiqarilgan.
* Erotic Dreams — albom „Temple of Love“ proekta „Erotic Dreams“ vishel v Gollandii v 1998 godu.
* Erotic Dreams — „Erotic Dreams“ loyihasining „Temple of Love“ albomi, Gollandiyada 1998-yilda chiqqan.
* Dream On — sbornik remiksov na kompozitsii Enigma vperemeshku s trekami alboma „Snowinʼ Under My Skin“ (1999) Endryu Donaldsa.
* Dream On — Enigma kompozitsiyalariga remikslar bilan Endryu Donaldsning „Snowinʼ Under My Skin“ (1999) albomi ashulalari to'plami.
Sleep — debyutniy albom „Conjure One“ — novogo proekta odnogo iz sozdateley „Delerium“.
Sleep — „Conjure One“ („Delerium“ asoschilaridan birining yangi loyihasi) debyut albomi.
* Enigma & D-Emotion Project — bolshe polovini trekov na diske prinadlejat proektu „Mythos“ i vzyati iz odnoimyonnogo alboma.
* Enigma & D-Emotion Project — diskdagi ashulalarning yarmidan ko'pi „Mythos“ loyihasiga tegishli.
* Eligh — butleg sostavlen iz trekov pevitsi Eligh.
* Eligh — butleg honanda, Eligh ashulalaridan iborat.
The Alchemist — perviy butleg alboma Seven Lives Many Faces. Treklist butlega sostoit glavnim obrazom iz trekov alboma A Posteriori. Takje prisutstvuyut kompozitsii iz albomov Voyageur i Seven Lives Many Faces


== Havolalar ==
== Havolalar ==
Qator 182: Qator 180:
* [http://slushaem.com/enigma Slushaem.com, sobiq „Mir Enigma“] — ruscha fan-sayt. {{Ref-en}}
* [http://slushaem.com/enigma Slushaem.com, sobiq „Mir Enigma“] — ruscha fan-sayt. {{Ref-en}}
* [http://www.facebook.com/pages/Andru-Donalds/51919603506 Andru Donalds] — Andru Donaldsning rasmiy sayti. {{Ref-en}}
* [http://www.facebook.com/pages/Andru-Donalds/51919603506 Andru Donalds] — Andru Donaldsning rasmiy sayti. {{Ref-en}}

{{band-stub}}


[[Turkum:Enigma]]
[[Turkum:Enigma]]

31-Avgust 2012, 12:19 dagi koʻrinishi

Enigma
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Ibiza
Mamlakat GFR
Faoliyat yillari 1990-yil - bugun.
Janr New Age, Enigmatic, Etnic, Downtempo
Leybl Virgin Germany/EMI
Vebsayt www.enigma.de

Enigma — 1990-yilda, Mishel Kretu yaratgan, german pop guruhi. Mishel Kretu „Enigma“ guruhining bastakori va prodyuseri, uning rafiqasi Sandra loyiha uchun tez-tez vokal partiyalarini ijro etadi. Loyiha doirasida 7 ta albom, 19 ta singl va bir nechta toʻplamlar chiqarilgan.

Tarixi

Akademik taʼlim olgan Mishel Kretu, 1970-yillarning soʻngidan boshlab musiqa dunyosida tanila boshladi: u yakkaxon albomlar yozar, session musiqachi sifatida Boney M, Arabesque guruhlarining albomlarini yozilish jarayonida ishtirok etar, prodyuser sifatida Michael Oldfield bilan ishlagan edi. Shuningdek sobiq rafiqasi Sandra albomlarining asosiy muallifi va prodyuseri sifatida ishladi.

Eski qoidalarni bir chetda qoldirib Mishel, 1990-yilda Enigma loyihasini yaratadi (grekchadan — „jumboq“, „sir“), va dekabrda birinchi, MCMXC a.D. albomini, (bunga qadar 25 millionga yaqin nusxa sotilgan) va „Sadeness (Part I)“ singlini chiqaradi. Gregorian xorallarining sintezi, Sandraning ajoyib ovozi, sempllarning mohirona ishlatilishi va esda qolarli klip tufayli loyiha tezda eʼtibor markaziga aylandi, singl va albom esa chartlarning yuqori pogʻonalariga chiqib ketishdi. Kretu, loyihani mavhum boʻlishini, ijrochilarning kimligini tinglovchilar bilishini istamas edi. Jurnalistlar koʻpgina ijrochilarning ismlarini aytishib tahmin qilishar edi, lekin mualliflar (Mishel Kretu va Frenk Peterson)ning kimligi, gregorian xorallarining sempl sifatida ishlatilishi tufayli sodir boʻlgan sud jarayonidagina maʼlum boʻldi.

1993-yilda Kretu, Sliver filmninig prodyuserlaridan, filmga toʻla soundtrek yozish taklifini rad etadi. Buning oʻrniga u, filmda ishlatilgan „Carly’s Song“ va „Carly’s Loneliness“ qoʻshiqlarini yozadi. 1993-yilning dekabrida — „The Cross of Changes“ nomli yangi albom chiqadi. Bu albomda, oldindagisidek gregorian xorallari va nayning ovozi ishlatilmagani uchun, albom, muhlislarinig bir qismidan ajraganiga qaramay ajoyib natijalarga erishdi. U koʻpgina davlatlarda platina yoki oltin statusini oldi. Omad zaxirasiga „Return to Innocence“ singli katta hissa qoʻshadi.

1996-yilda, „Le Roi Est Mort, Vive Le Roi!“ (fr. „Qirol oʻldi, Yashasin qirol!“) albomi chiqdi. Kretuning gʻoyasi shunday edi: uchinchi albom, oldingi ikki albomning muzikal davomchisi boʻlishi kerak edi. Albomdan 3 ta singl chiqarilishi rejalashtirilgan edi, ammo ohirgisi („The Roundabout“) 1998 yilda, nomaʼlum sabablarga koʻra qoldirildi.

Loyiha qatnashchilari

Musiqa

Mishel Kretu loyiha asoschisi. Musiqa yozadi va prodyuserlik bilan shugʻullanadi. Remikslarning asosiy qismini yaratadi va taklif etilgan vokalchilar uchun aranjirovkalar yozadi.

Frenk Peterson (Frank Peterson) — birinchi albom yozilishida yordam bergan Loyiha musiqasida gregorian xorallarni ishlatishni gʻoyasi muallifi. Enigmadan ketganidan keyin oʻzining mashxur Gregorian loyihasini yaratadi.

Devid Feyrsteyn (David Fairstein) — birinchi ikkita albom yozilishida ishtirok etgan.

Piter Kornelius (Peter Cornelius), avstriyalik honanda va bastakor. Ikkinchi va uchinchi albom uchun bir nechta gitara solosini yaratdi. Yens Gad (Jens Gad), honanda, prodyuser, gitarist, Kretuga tehnik muammolarni yechishda yordam bergan. „The Cross of Changes“ va kelasi albomlarda asosiy gitara partiyalarini ijro etdi, singllardagi aksariyat klub remikslarining muallifi. „A Posteriori“ albomi ustida ishlash jarayonida loyihani tark etdi.

Oʻz intervyularida, Kretu, Yens Gadning prodyuserlik rolini rad etadi.

Vokal partiyalar

Mishel Kretu — asosiy vokal partiyalarni ijro etadi.

Sandra Kretu — Loyihaning birinchi beshta albomida ovozi uchraydi.

Andreas Xarde (Andreas Harde (aka Andy Hard, Angel, Angel X)) — „Return to Innocence“ni ijro etadi.

Rut-Enn Boyl (Ruth-Ann Boyle) — „Olive“ guruhining yetakchi vokalchisi. „Gravity of Love“ va to'rtinchi va beshinchi albomlrning bir qator ashulalarini ijro etadi.

Endryu Donalds (Andru Donalds) — Kretu prodyuserlik qilgan yamaykalik reggi-ijrochi. „Modern Crusaders“ va to'rtinchidan yettinchi albomgacha bir nechta qo'shiqlarni ijro etgan.

Luiza Stenli (Louisa Stanley) — „Virgin Records“ uchun promoushn sohasida ishlaydi. Uning ovozi „The Voice of Enigma“ va birinchi uchta albomning ashulalarida ishlatilgan.

Elizabet Xokton (Elisabeth Houghton) — „Virgin Records“ fotosuratchisi. Stanley rolini to'rtinchi albomda ijro etadi.

Margarita Royg (Margarita Roig) — Seven Lives Many Faces albomidagi vokal ijrochisi, ispan folklori ijrochisi (Ivisa oroli).

Qoʻshiq matnlari

  • Mishel Kretu — matnlarning asosiy qismini yozadi.
  • David Fairstein — Kretu bilan birinchi uchta albom matnlari ustida ishlagan.
  • Nikolas Marten — „Remember the Future DVD“ uchun diktor ovoz egasi.

Taʼsir

Kretuning birinchi ikkita albomining shuhrati, Enigma uslubiga oʻxshash qilib musiqa yozadigan guruhlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Era, Gregorian (Enigmaning eks-qatnashchisi — Frenk Peterson boshchiligida) va boshqa bir necha mashxur guruhlar oʻ qoʻshiqlarida gregorian xorallarini ishlatishdi.

Muhlislar va tanqidchilar Enigma taʼsirini boshqa mahxur musiqachilarning ishlarida topishdi. Masalan, Delerium va uning „Semantic Spaces“ albomi, Mayka Oldfildning „The Songs of Distant Earth“ va „Tubular Bells III“, albomlari, B-Tribeʼsning „Fiesta Fatal!“ albomi, hamda Sara Braytmanning „Eden“ qoʻshigʻi.

Loyihaning ba'zi tanilgan ashulalari mashhur teleshou va filmlarda ishlatilgan, masalan: „Beyond the Invisible“ va „Modern Crusaders“ „La femme Nikita“ teleserialida. „Return to Innocence“ „The Outer Limits“ serialining epizodida. „Return to Innocence“ „Man of the House“ filmining titrlarida. „Return to Innocence“ va „Sadeness (Part I)“ „Exit to Eden“ filmida. „Return to Innocence“ „My So-Called Life“ teleserialining epizodida. „Return to Innocence“ „Cold Case“ teleserialining epizodida.. „Sadeness (Part I)“ „Boxing Helena“ filmida. „Sadeness (Part I)“ „Angeli Charli“ filmida. „Sadeness (Part I)“ „1492: Conquest of Paradise“ filmining treulerida. „Sadeness (Part I)“ „Tropic Thunder“ filmida. „Principles of Lust“ „Single White Female“ filmida. „Carly’s Song“, „Carly’s Loneliness“ i „Principles of Lust“ „Sliver“ filmida.

„Return to Innocence“ ashulasi ham ko'pchilik reklama roliklarida ishlatilgan, masalan, „Virgin Atlantic“ aviakompaniyasining reklamasida. 2009-yilda „Seven Lives“ Samsung LED TV reklamasida ishlatilgan.

Diskografiya

Albomlar

Maʼlumot
MCMXC a.D.
  • Reliz sanasi: 3-dekabr 1990-yil
  • Leybl: Virgin Schallplatten GmbH
  • Katalogdagi raqami: 261 209
  • Tashuvchilar: CD, Cass, 12"
  • Singllar: "Sadeness (Part I)", „Mea Culpa (Part II)“, „Principles Of Lust“, „The Rivers Of Belief“
  • Taʼrif: Taʼriflash shart emas. Proyektning birinchi klassik albomi.
  • Dunyoda sotilishi: 24 mln. nusha
The Cross of Changes
  • Reliz sanasi: 6-dekabr 1993-yil
  • Leybl: Virgin Schallplatten GmbH
  • Katalogdagi raqami: 7243 8 39236 2 5, CDVIR 20, PM 527, PM 520
  • Tashuvchilar: CD, Cass, LP
  • Singllar: "Carly’s Song", „Return To Innocence“, „The Eyes Of Truth“, „Age Of Loneliness“, „Out From The Deep“
  • Taʼrif: Gregorian xorallarining oʻrnini baʼzi dunyo xalqlarining kuylari egalladi.
  • Dunyoda sotilishi: 16 mln. nusha
Le Roi Est Mort, Vive Le Roi!
  • Reliz sanasi: 25-noyabr 1996-yil
  • Leybl: Virgin Schallplatten GmbH
  • Katalogdagi raqami: 7243 8 42066 2 8, CDVIR 60
  • Tashuvchilar: CD, Cass, LP
  • Singllar: "Beyond The Invisible", „T.N.T. For The Brain“
  • Taʼrif: Dastlabki ikki albomning davomchisi. Mishel Kretu oʻzining vokal ijrosidagi qobiliyatini toʻliq namoyon etadi.
  • Dunyoda sotilishi: 8 mln. nusha
The Screen Behind the Mirror
  • Reliz sanasi: 17-yanvar 2000-yil
  • Leybl: Virgin Schallplatten GmbH
  • Katalogdagi raqami: 8 48606 2, DGVIR 100
  • Tashuvchilar: CD, LP
  • Singllar: "Gravity Of Love", „Push The Limits“
  • Taʼrif: Albom Carl Orffning mashhur „Carmina Burana“ oratoriyasining musiqiy mavzusi asosida yoziladi.
  • Dunyoda sotilishi: 6 mln. nusha
Voyageur
  • Reliz sanasi: 29-sentabr 2003-yil
  • Leybl: Virgin Music Germany
  • Katalogdagi raqami: 7243 591312 2 1
  • Tashuvchilar: CD, LP
  • Singllar: "Voyageur", „Following The Sun“, „Boum-Boum“
  • Taʼrif: Boshqa ijodkorlarning sempllari ishlatilmagan birinchi albom.
  • Dunyoda sotilishi: 3 mln. nusha
A Posteriori
  • Reliz sanasi: 22-sentabr 2006-yil
  • Leybl: Virgin Music Germany
  • Katalogdagi raqami: 00946 369994 2 5, 373092 2
  • Tashuvchilar: CD, DVD
  • Singllar: "Eppur Si Muove"
  • Taʼrif: Albom „The Alchemist“ (Alkimyogar) nomli koʻchib yuruvchi mini-studiyada yozilgan.
  • Dunyoda sotilishi: 2 mln. nusha
Seven Lives Many Faces
  • Reliz sanasi: 19-sentabr 2008-yil
  • Leybl: Virgin Music Germany
  • Katalogdagi raqami: 50999 227124 2 4, CDVIR 226
  • Tashuvchilar: CD, DVD
  • Singllar: "La Puerta Del Cielo/Seven Lives", „The Same Parents“
  • Taʼrif: „Seven Lives Many Faces“ uchun Kretu 60 ta musiqiy asar yozganligi haqida maʼlumot bor, ular ichidan 12 ta trek albomga tanlab olib kiritilgan. „The Same Parents“ qoʻshigʻida Mishel Kretuning oʻgʻillari — Nikita va Sebastyan ham ijro etishgan.
  • Dunyoda sotilishi: 1 mln. nusha

Videografiya

DVD

2001: Remember The Future 2003: MCMXC a.D.: The Complete Video Album 2006: A Posteriori DVD Album 2008: Seven Lives Many Faces DVD Album

Rasmiy klip toʻplamlariga kirmagan videokliplar

1993: „Carly’s Song“ 1994: „Out From The Deep“ 2000: „Push The Limits (ATB Mix)“ 2003: „Voyageur“ 2004: „Boum-Boum“ Angliyada chiqarilgan singlda bor. 2005: „Hello and Welcome“ singlda bor.

Butleglar

Izoh: Ushbu albomlar, Enigma loyihasiga aloqador bo'lmagan, boshqa ijrochilar ashulalarining to'plami yoki nusxalaridir.

  • Metamorphosis — Enigmaning eng mashxur va keng tarqalgan butlegi, The Screen Behind The Mirror albomi kutilgan paytda chiqarilgan.
  • Erotic Dreams — „Erotic Dreams“ loyihasining „Temple of Love“ albomi, Gollandiyada 1998-yilda chiqqan.
  • Dream On — Enigma kompozitsiyalariga remikslar bilan Endryu Donaldsning „Snowinʼ Under My Skin“ (1999) albomi ashulalari to'plami.

Sleep — „Conjure One“ („Delerium“ asoschilaridan birining yangi loyihasi) debyut albomi.

  • Enigma & D-Emotion Project — diskdagi ashulalarning yarmidan ko'pi „Mythos“ loyihasiga tegishli.
  • Eligh — butleg honanda, Eligh ashulalaridan iborat.

Havolalar