Pepe Képler: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Nhakimjonov (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Nhakimjonov (munozara | hissa)
Qator 49: Qator 49:
== Erishgan natijalari ==
== Erishgan natijalari ==
*[[FIFA]]ning [[2008]] va [[2012]] yillardagi Yevropa chempionatiga tuzgan ramziy terma jamoasiga kirdi.
*[[FIFA]]ning [[2008]] va [[2012]] yillardagi Yevropa chempionatiga tuzgan ramziy terma jamoasiga kirdi.
*Portugaliya chempioni ([[2006]],[2007]])
*Portugaliya chempioni ([[2006]],[[2007]])
*Portugaliya kuboki ([[2006]])
*Portugaliya kuboki ([[2006]])
*Potugaliya superkuboki ([[2006]])
*Potugaliya superkuboki ([[2006]])

16-Avgust 2012, 11:01 dagi koʻrinishi

Pepe
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Képler Laveran Lima Ferreira
Tavallud sanasi 26-fevral 1983-yil (1983-02-26) (41 yosh)
Tavallud joyi Maseyo, BraziliyaBraziliya bayrogʻi Braziliya
Boʻyi 187 sm
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Pepe Képler Real Madrid
Raqami 3
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000-2001
2001-2002
Korintians Alagoano
Maritimu B
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002–2004
2004-2007
2007 - h.
Maritimu
Portu
Real Madrid
(63 (3)
64 (6)
94 (3))
Milliy terma jamoa
2007– Portugaliya (37 (2))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kepler Laveran Lima Ferreyra “Pepe” (portugalcha: Képler Laveran Lima Ferreira "Pepe"; 26 fevral 1983, Масейо) — portugal-braziliyalik futbolchi, Real Madrid futbol jamoasi himoyachisi.

Faoliyati

Maritimu

18 yoshida Braziliyadan Portugaliyaning Maritimu klubi safiga qoʻshildi. Uch yilda davomida yoshlar jamoasida oʻynadi. Anatoliy Bishovets qoʻl ostida u himoya, hujumkor yarim himoyada va hatto hujumchi sifatida ham oʻynadi. 2004 yilda klubni tark etdi.

Portu

Portu futbolchi uchun 1 mln. yevro va hamda yana uch futbolchini berishga rozi boʻldi.
Pepe oʻzining Portudagi birinchi mavsumida asosan zahiradan maydonga tushdi. U asosan oʻsha vaqtlardagi jamoa faxriysi Pedro Emanuel, Xorxe Kosta va Rikardu Koshtalar oʻrniga maydonga tushdi. Lekin keyingi mavsumdan u Adrianse So qoʻl ostida tarkibning asosiy oʻyinchisi boʻla oldi. U Portudagi eng yaxshi himoyachilardan biri boʻlishga erishdi. Oʻsha mavsumda Portu ichki chempionatda gʻolib boʻldi.

Portuda oʻzini koʻrsatishga muvaffaq boʻldi. Iste’dodli himoyachi ekanligini isbotlay oldi va 2007 yili Portudan Real Madrid jamoasiga qoʻshildi.

Real Madrid

10 iyul 2007 yili Real Madrid jamoasi futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Unga koʻra, jamoa unga besh yilga 30 mln. yevro maosh toʻlaydi. [1] 15 mart 2008 yili u Deportivo jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻzining darvozasiga gol kiritib qoʻydi va oqibatda jamoasi 1-0 hisobida magʻlub boʻldi. Lekin shu mavsumda jamoa La Liga gʻolibi boʻldi. Pepe esa Barselona bilan oʻtgan 1-0 gʻalabali oʻyinda eng yaxshi oʻyinchi nomiga sazovor boʻldi, u deyarli bir oʻzi raqibning hujumlarini toʻxtatishga erishgan edi.
21 aprel 2009 yili Xetafe bilan boʻlgan oʻyinda raqib futbolchilariga boʻlgan qoʻpol munosabatidan soʻng, u 10 ta oʻyindan chetlashtirildi va uning uchun mavsum tugadi.
2009/10 mavsumda Pepe yana asosiy tarkibdan joy oldi. 4 oktabr 2009 yili Sevilya bilan boʻlgan oʻyinda u oʻzining debyut golini kiritdi. Shu yilning 12 dekabrida esa Valensiya bilan boʻlgan oʻyinning birinchi boʻlimning soʻnggi vaqtida noqulay yiqilish oqibatida tizzasidan jarohat oldi va olti oy muddatga safdan chiqdi. [2] 17 dekabrda esa Pepe jarroxlik amaliyotini boshdan kechirdi. [3] Bu jarohati uning 2010 yilda boʻlib oʻtadigan Jahon Chempionatida qatnashishiga toʻsqinlik qilishi mumkin edi.
30 may 2010 yilda Portugaliya milliy futbol terma jamoasi tibbiy shtabi Pepening jarohati butkul tuzalgani va Jahon Chempionati final bosqichida qatnashishi mumkinligini e’lon qildi.
12 iyul 2011 yilda Real Madrid bilan shartnomasini 2016 yilgacha uzaytirdi.[4]

Erishgan natijalari

Qiziqarli faktlar

  • Pepe “Real Madrid”ning eng tez yuguradigan oʻyinchilar uchligiga kiradi.
  • Pepening sevimli mashgʻuloti – Ov.

Havola

Izoh

  1. Madrid pick up Pepe from Porto; UEFA.com, 10 July 2007
  2. На восстановление Пепе потребуется шесть месяцев
  3. Пепе успешно прооперирован
  4. "Official announcement". Real Madrid's official website. 12 July 2011. Retrieved 27 July 2011