Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Dars: Versiyalar orasidagi farq

k
[[Vikipediya:Qumloq|Qoralama sahifasini]] ochib, ''tahrir'' tugmasini bosing. Bunda ''Tahrirlash'' sahifasi ochiladi. U yerdagi katta matn maydoniga bir nima yozib, maydon ostidagi ''Saqla'' tugmasini bosing. Natijada tahrirlayotganingiz sahifa ochilib, unda siz tergan va saqlab qolingan matn koʻrinadi.
=== Koʻrib chiqish ===
[[Tasvir:vikidars_saqla.png|right|thumb|Tahrir oynasi tagidagi tugmalar'''qisqa tavsif''' maydoni va '''saqla''', '''koʻrib chiqish''' hamda '''oʻzgarganlarni koʻrsat''' tugmalari.]]
''Saqla'' tugmasining yonida ''Koʻrib chiqish'' tugmasi ham bor. U nega kerak? Izoh: ''Koʻrib chiqish'' tugmasi sizning tahriringizni oʻsha sahifada qanday koʻrinishi mumkinligini koʻrsatadi, lekin ''saqlamaydi''.
=== Oʻzgarganlarni koʻrsat ===
''Koʻrib chiqish'' tugmasi yonida ''Oʻzgarganlarni koʻrsat'' tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi.
=== Qisqa tavsif ===
[[Tasvir:vikidars_tavsif.png|center|thumb|Qisqa tavsif maydoni.]]
''Saqla'' tugmasini bosishdan avval ''Qisqa tavsif'' maydoniga aynan qanday tahrir qilganingiz haqida yozganingiz maʼqul (bu majburiy emas, biroq bu boshqa vikipediyachilarning mushkulini oson qiladi). Masalan, „xatoni tuzatdim“, „yangi axborot qoʻshdim“ va hk. Bu tavsif sahifa tarixida sizning foydalanuvchi ismingiz va tahriringiz sanasi yonida koʻrsatiladi.