Biologiya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
TjBot (munozara | hissa)
k r2.7.2) (Bot Qoʻshdi: bjn:Biologi
MerlIwBot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: ilo:Biolohia
Qator 81: Qator 81:
[[id:Biologi]]
[[id:Biologi]]
[[ie:Biologie]]
[[ie:Biologie]]
[[ilo:Biolohia]]
[[io:Biologio]]
[[io:Biologio]]
[[is:Líffræði]]
[[is:Líffræði]]

9-Iyun 2012, 00:44 dagi koʻrinishi

Fayl:Hayot.jpg
Biosfera rassom tasavvurida.

Biologiya (yunoncha βίος, bios, "hayot"; va λόγος, logos, "bilim") hayot va u bilan bog‘liq masalalar tadqiqotidir. U empirik fanning jonli organizmlarning tuzilishi, funksiyalari, o‘zgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va o‘lishini o‘rganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni saralaydi, ularning ishlashini, turlarning paydo bo‘lishini, ularning o‘zaro va atrof-muhit bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya kabi turli ostsohalarga bo‘linadi. Biologiya tirik tabiat to`g`risidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon bo`ladi. Chunki bu fanda ilgari o`rganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan ma'lum tizimlarga keltiriladi va ularning yig`indisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi. Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan biri bo`lib, uning yordanida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta'riflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini yo`qotmagan. Taqqoslash usuli yordamida bir xil predmet yoki hodisalarni boshqa predmet yoki hodisalar bilan o`xshashligi va farqini aniqlash yo`li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan Bunda turli hodisalar uchun umumiy hisoblangan qonuniyatlarni ochishga imkon yaratiladi. Tarixiy usulni biologiyada qo`llanilishi Ch.Darvinning nomi bilan bog`liq, bu usul biologiyada chuqur sifatiy o`zgarishlarni vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Hozirgi kunda bu usul yordamida hozirgi zamon olamini va uning o`tmishini ko`rsatuvchi ma'lumotlar asosida tirik tabiatni rivojlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. Eksperimental yoki tajriba usuli biologiyada O`rta asrlarda qo`llangan bo`lsa, haqiqiy ravnaqi fizika va kimyo fanlarining usullarini qo`llash tufayli 19-20 asrlardan keng qo`llanila boshlandi. Bu usullar biologiyaning tegishli sohalaraida foydalanilib kelinmoqda va ular bir-birini to`ldiradi.

Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link FA Andoza:Link GA Andoza:Link GA