Pepe Képler: Versiyalar orasidagi farq
k r2.7.3) (Bot Oʻchirdi: ja:ペペ (サッカー選手) |
k r2.7.2) (Bot Oʻchirdi: pt:Pepe (zagueiro) |
||
Qator 106: | Qator 106: | ||
[[no:Pepe]] |
[[no:Pepe]] |
||
[[pl:Képler Laveran Lima Ferreira]] |
[[pl:Képler Laveran Lima Ferreira]] |
||
[[pt: |
[[pt:Pepe (zagueiro)]] |
||
[[ro:Pepe (fotbalist)]] |
[[ro:Pepe (fotbalist)]] |
||
[[ru:Лима Феррейра, Кеплер Лаверан]] |
[[ru:Лима Феррейра, Кеплер Лаверан]] |
29-May 2012, 21:17 dagi koʻrinishi
Fayl:Pepe-2.jpg | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 26-fevral, 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Maseyo, Braziliya, Braziliya | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid | ||
Raqami | 3 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000-2001 2001-2002 |
Korintians Alagoano Maritimu B | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002–2004 2004-2007 2007 - h. |
Maritimu Portu Real Madrid |
(63 (3) 64 (6) 94 (3)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2007– | Portugaliya | (37 (2)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Kepler Laveran Lima Ferreyra “Pepe” (portugalcha: Képler Laveran Lima Ferreira "Pepe"; 26 fevral 1983, Масейо) — portugal-braziliyalik futbolchi, Real Madrid futbol jamoasi himoyachisi.
Faoliyati
Maritimu
18 yoshida Braziliyadan Portugaliyaning Maritimu klubi safiga qo’shildi. Uch yilda davomida yoshlar jamoasida o’ynadi. Anatoliy Bishovets qo’l ostida u himoya, hujumkor yarim himoyada va hatto hujumchi sifatida ham o’ynadi. 2004 yilda klubni tark etdi.
Portu
Portu futbolchi uchun 1 mln. yevro va hamda yana uch futbolchini berishga rozi bo’ldi.
Pepe o’zining Portudagi birinchi mavsumida asosan zahiradan maydonga tushdi. U asosan o’sha vaqtlardagi jamoa faxriysi Pedro Emanuel, Xorxe Kosta va Rikardu Koshtalar o’rniga maydonga tushdi. Lekin keyingi mavsumdan u Adrianse So qo’l ostida tarkibning asosiy o’yinchisi bo’la oldi. U Portudagi eng yaxshi himoyachilardan biri bo’lishga erishdi. O’sha mavsumda Portu ichki chempionatda g’olib bo’ldi.
Portuda o’zini ko’rsatishga muvaffaq bo’ldi. Iste’dodli himoyachi ekanligini isbotlay oldi va 2007 yili Portudan Real Madrid jamoasiga qo’shildi.
Real Madrid
10 iyul 2007 yili Real Madrid jamoasi futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Unga ko’ra, jamoa unga besh yilga 30 mln. yevro maosh to’laydi. [1] 15 mart 2008 yili u Deportivo jamoasi bilan bo’lgan o’yinda o’zining darvozasiga gol kiritib qo’ydi va oqibatda jamoasi 1-0 hisobida mag’lub bo’ldi. Lekin shu mavsumda jamoa La Liga g’olibi bo’ldi. Pepe esa Barselona bilan o’tgan 1-0 g’alabali o’yinda eng yaxshi o’yinchi nomiga sazovor bo’ldi, u deyarli bir o’zi raqibning hujumlarini to’xtatishga erishgan edi.
21 aprel 2009 yili Xetafe bilan bo’lgan o’yinda raqib futbolchilariga bo’lgan qo’pol munosabatidan so’ng, u 10 ta o’yindan chetlashtirildi va uning uchun mavsum tugadi.
2009/10 mavsumda Pepe yana asosiy tarkibdan joy oldi. 4 oktabr 2009 yili Sevilya bilan bo’lgan o’yinda u o’zining debyut golini kiritdi. Shu yilning 12 dekabrida esa Valensiya bilan bo’lgan o’yinning birinchi bo’limning so’nggi vaqtida noqulay yiqilish oqibatida tizzasidan jarohat oldi va olti oy muddatga safdan chiqdi. [2] 17 dekabrda esa Pepe jarroxlik amaliyotini boshdan kechirdi. [3] Bu jarohati uning 2010 yilda bo’lib o’tadigan Jahon Chempionatida qatnashishiga to’sqinlik qilishi mumkin edi.
30 may 2010 yilda Portugaliya milliy futbol terma jamoasi tibbiy shtabi Pepening jarohati butkul tuzalgani va Jahon Chempionati final bosqichida qatnashishi mumkinligini e’lon qildi.
12 iyul 2011 yilda Real Madrid bilan shartnomasini 2016 yilgacha uzaytirdi.[4]
Erishgan natijalari
- FIFAning 2008 yildagi Yevropa chempionatiga tuzgan ramziy terma jamoasiga kirdi.
- Portugaliya chempioni (2006,[2007]])
- Portugaliya kuboki (2006)
- Potugaliya superkuboki (2006)
- Qita’alararo kubok (2004)
- Ispaniya chempioni (2008)
- Ispaniya kubogi (2011)
Qiziqarli faktlar
- Pepe “Real Madrid”ning eng tez yuguradigan o’yinchilar uchligiga kiradi.
- Pepening sevimli mashg’uloti – Ov.