Fotiha surasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 38: Qator 38:
chiqadigan Qur'onlarda esa unga birinchi raqam, "Fotiha" surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qo'yadilar.
chiqadigan Qur'onlarda esa unga birinchi raqam, "Fotiha" surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qo'yadilar.


== Manbaalar ==

*[http://www.quran.uz/qurani-karim/quron-fazilatlari/631-maqola.html Фотиҳа сурасининг номлари]
*[http://uzcinema.com/forum/105-2355-1 FOTIHA SURASI]





28-May 2012, 12:22 dagi koʻrinishi

Baqara    1–sura   oʻzi birinchi sura
Fotixa — سورة الفاتحة
Qurʼon nusxalaridan biridagi Fotiha surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 7, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 1, qora rangda - Fotiha surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 5, 3. Rukuʼsi soni - 1; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:1, 3. Nozil boʻlish tartibi:bu yerda texnik xato tufayli 1 deb koʻrsatilgan. Toʻgʻrisi esa yuqorida koʻrsatilganidek 5, 4. Rukuʼsi:1, 5. Oyati:7, 6. Porasi (Juzi):1 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Ochuvchi[1][2]
Boshqa nomlari Ummul Qur'on
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 1[4]
Juz 1
Sura raqami 1
Oyatlar soni 7
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 1[5]
Muqattaot harflari yoʻq[6]
Soʻzlar soni 29
Harflar soni 139
Nozil boʻlish tartibi 5[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Baqara surasi  Keyingisi 1 Oldingisi  oʻzi birinchi sura
Nozil boʻlish tartibi
Masad surasi   Keyingisi 5 Oldingisi  Muddassir surasi
                                   

Fotiha(arabcha: سورة الفاتحةsuratul fotiha) Bu sura Qur'on nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan bo'lsada, tafsir va hadislarda u Madinada ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri - "Sab'ul-masoniy", ya'ni "ikki bor nozil qilingan yetti oyat" demakdir.

Suraning o'nga yaqin nomlari bo'lib, ulardan eng mashhuri "Fotiha", ya'ni, "ochuvchi" - suralarning joylashishi bo'yicha avvalida qo'yilgani uchun unga shu nom berilgan. "Al-Hamdu" so'zi bilan boshlangani uchun bu nom bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda o'zida mujassam etgani uchun "Ummul-Qur'on", ya'ni "Qur'onning onasi" nomi berilgan. Mazkur yetti oyatni sharhlab ba'zi mufassirlar bir necha jildlik asar yozib qoldirganlar.

"Bismillohir Rahmonir Rahim" oyati "Fotiha" surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qo'shib qo'yilganmi degan masalada mujtahidlarning ba'zilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qur'ondagi 113 ta sura boshlanishidagi hamma "Bismilloh"lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib turuvchi - fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. "Bismilloh" oyati faqat bir joyda - Naml surasining 30- oyatida kelgan, deb ta'kidlaydilar.

Abu Hanifa (Imom A'zam) ham shu fikrda bo'lganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabiga mansub xattot va noshirlar tomonidan ko'chirilgan va chop etilgan Qur'on nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr etilgan nusxalarda "Fotiha" surasining boshida kelgan "Bismilloh"ga raqam qo'yilmaydi. Arab dunyosida chiqadigan Qur'onlarda esa unga birinchi raqam, "Fotiha" surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qo'yadilar.

Manbaalar

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.