Bosh Sahifa: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
update
k upd
Qator 7: Qator 7:
| style="font-family:Verdana, Arial, Helvetica, sans-serif; font-size: 90%; border-radius:10px" | {{Tanlangan maqola}}
| style="font-family:Verdana, Arial, Helvetica, sans-serif; font-size: 90%; border-radius:10px" | {{Tanlangan maqola}}
<br clear="all" />
<br clear="all" />
<div align="right" style="font-size:xx-small;">[[Vikipediya:Tanlangan_maqola_nomzodlari|Nomzodlar]]&nbsp;|&nbsp;[[Vikipediya:Tanlangan maqolalar|Arxiv]]&nbsp;|&nbsp;[[Template:Tanlangan maqola|Oʻzgartirish]]
<div align="right" style="font-size:xx-small;">[[Vikipediya:Tanlangan_maqola_nomzodlari#Elvis Presley|Nomzodlar (1)]]&nbsp;|&nbsp;[[Vikipediya:Tanlangan maqolalar|Arxiv]]&nbsp;|&nbsp;[[Template:Tanlangan maqola|Oʻzgartirish]]
</div>
</div>
|}
|}

18-May 2012, 11:02 dagi koʻrinishi

Tanlangan maqola
Chempionatning Guillermo Laborde tomonidan tayyorlangan rasmiy posteri
Chempionatning Guillermo Laborde tomonidan tayyorlangan rasmiy posteri

Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionatiFIFA tomonidan tashkil etilgan birinchi jahon chempionati. Turnir 1930-yil 13–30-iyul kunlari Urugvayda boʻlib oʻtgan. Birinchi jahon chempionatini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 1928-yil 26-mayda FIFA tomonidan qabul qilingan va 1929-yil 18-mayda Urugvay davlati ovoz berish yoʻli bilan mezbon sifatida tanlab olingan. Birinchi jahon chempionatining barcha oʻyinlari Urugvay poytaxti — Montevideoda boʻlib oʻtgan. Montevideoda jahon chempionati uchun 90 000 tomoshabinga moʻljallangan Centenario stadioni qurilgan. Musobaqaga FIFAga aʼzo barcha davlatlar taklif qilingan. Biroq, bor-yoʻgʻi 13 ta jamoa musobaqada ishtirok etish uchun Urugvayga borgan: Janubiy Amerikadan yettita, Yevropadan toʻrtta va Shimoliy Amerikadan ikkita jamoa. Yevropa jamoalarining soni kamligi XX asrning birinchi yarmida Janubiy Amerikaga borish qiyin boʻlganligi bilan izohlangan. Qurʼa natijalariga koʻra jamoalar toʻrt guruhga boʻlingan. Har bir guruh gʻoliblari pley-off bosqichiga yoʻl olishdi. Jahon chempionatlari tarixidagi dastlabki ikki uchrashuv bir vaqtda boshlandi. Ularda Fransiya va AQSH mos ravishda Meksikani 4:1, Belgiyani 3:0 hisobida magʻlub etgan. Fransiyalik Lucien Laurent jahon chempionati tarixidagi ilk gol muallifi hisoblanadi. (Davomi...)


Eʼtiborga loyiq maqola
Zebunniso begim portreti. Hozirda Nyu Yorkdagi Metropoliten-muzeyda (The Metropolitan Museum of Art) saqlanadi
Zebunniso begim portreti. Hozirda Nyu Yorkdagi Metropoliten-muzeyda (The Metropolitan Museum of Art) saqlanadi

Zebunniso begim — shoira, maʼrifatparvar. Boburiylar sulolasidan Avrangzebning qizi. Onasi Dilrasbonuning shajarasi Safaviylarga va Boburning qizi — Gulbadan begimga borib taqaladi. „Maxfiy“ taxallusi bilan ijod qilgani taxmin qilinadi. Zebunniso begim hayoti va ijodi haqida Bareliy, Sherxoni Ludiy, Hakimxon toʻra kabi tarixchi va tazkiranavis olimlar asarlarida maʼlumotlar keltirilgan. U yetti yoshida Qurʼonni toʻliq yod olgan, keyinchalik falsafa, mantiq, yulduz ilmi, tarix, fiqh fanlarini yaxshi oʻzlashtirgan, nastaʼliq, nasʼh, shikasta xatlarini mahorat bilan yozgan, bir necha marta husnixat bilan Qurʼonni koʻchirgan. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarini oʻrganib, sheʼriyatga boʻlgan ixlosi oshgan, atrofidagi shoir va olimlariga turli tarjimalar, qoʻlyozmalarni koʻchirishni buyurtma qilgan, ularni maosh bilan taʼminlab kelgan. Zebunniso begimning kutubxonasi oʻz davri kutubxonalari ichida eng kattasidir. Malika bobosining istagiga koʻra oʻz amakivachchasi Sulaymonshukuh bilan unashtirilgan. Amakivachchasi vafot etgach, umrining oxiriga qadar boshqa turmush qurmagan. (Davomi...)


Yangiliklar
Qulagan koʻprik
Qulagan koʻprik
Bilasizmi, ...
Xerox Alto kompyuteri
Xerox Alto kompyuteri


 

Qarindosh loyihalar

Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi: