Arslon, jodugar va javon: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xqbot (munozara | hissa)
k Bot Oʻchirdi: tr:Aslan, Cadı ve Dolap
k r2.7.1) (Bot Qoʻshdi: fa:شیر، کمد و جادوگر
Qator 66: Qator 66:
[[es:The Lion, the Witch and the Wardrobe]]
[[es:The Lion, the Witch and the Wardrobe]]
[[et:Lõvi, nõid ja riidekapp]]
[[et:Lõvi, nõid ja riidekapp]]
[[fa:شیر، کمد و جادوگر]]
[[fi:Velho ja leijona]]
[[fi:Velho ja leijona]]
[[fr:Le Lion, la Sorcière blanche et l'Armoire magique]]
[[fr:Le Lion, la Sorcière blanche et l'Armoire magique]]

15-May 2012, 17:47 dagi koʻrinishi

Arslon, Jodugar va Kiyimlar shkafi
Fayl:TheLionWitchWardrobe(1stEd).jpg
1950-yilgi birinchi nashrining muqovasi
Asl nomi The Lion, the Witch and the Wardrobe
Muallif(lar) Buyuk Britaniya bayrogʻi C. S. Lewis
Bezovchi(lar) Pauline Baynes
Til inglizcha
Qismlar Narniya yilnomalari
Janr(lar)i Fantasy,
Bolalar adabiyoti
Nashriyot Geoffrey Bles
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1950
Sahifalar soni 208
ISBN ISBN 0-06-023481-4
Keyingisi Shaxzoda Caspian

Arslon, Jodugar va Kiyimlar shkafi (1950) — "Narniya yilnomalari" seriyasining birinchi (xronologik tartib boʻyicha ikkinchi) kitobi. Ushbu kitob Lewisning choʻqingan qizi Lucy Barfieldga bagʻishlangan.

Personajlar

Fayl:The Lion, the Witch and the Wardrobe.jpg
Arslon, Jodugar va Kiyimlar shkafi kitobi uchun klassik muqova
  • Peter Pevensie (Piter Pevensi) — Ikkinchi jahon urushi paytida Londonni tark etgan Pevensie aka-opalari ichida eng kattasi. Avvaliga, Peter Lucyning Narniya haqidagi hikoyalariga ishonmaydi, keyinchalik oʻz koʻzi bilan koʻrganidan soʻng fikrini oʻzgartiradi. Peterni jangdagi jasoratlari uchun qahramon deb atashadi. Oxir-oqibat u Narniyaning Oliy Qiroli etib saylanadi va Serhasham Qirol Peter nomi bilan taniladi.
  • Susan Pevensie (Syuzen Pevensi) — Pevensie bolalari orasida ikkinchi farzand. U ham Narniya mavjudligiga oʻzi koʻrib ishonch hosil qilmagunicha ishonmaydi. U Qirolicha Susan etib saylanadi va Sahovatli Qirolicha Susan nomi bilan taniladi.
  • Edmund Pevensie (Edmund Pevensi) — Pevensie bolalari orasida uchinchi farzand. U Narniyaga tushib qolganida Oq Jodugarni uchratadi, Jodugar unga sehrlangan "Turk shirinliklari"ni beradi. Oq Jodugar vaʼda qilgan kuch va tuganmas "Turk shirinliklari"ga ishongan Edmund aka-opalariga sotqinlik qiladi, ammo oxir-oqibat oʻz harakatlaridan afsuslanib tavba keltiradi. Aslan va Narniya xalqiga Oq Jodugar ustidan gʻalaba qozonishda yordam berganidan soʻng u akasi bilan bir qatorda Narniya Qiroli etib saylanadi va Odil Qirol Edmund nomi bilan taniladi.
  • Lucy Pevensie (Lyusi Pevensi) — Pevensie bolalari ichida eng kichigi. U Professor Kirkega tegishli kiyimlar shkafining orqasida Narniya mamlakatiga duch keladi. Bu haqda aka-opalariga etgan mahal, ular Lucyga ishonishmaydi, ayniqsa Edmund — uni ayovsiz masxara qiladi. Narniya tiklanganidan soʻng Lucy opasi bilan bir qatorda Narniya Qirolichasi etib saylanadi va Dovyurak Qirolicha Lucy nomi bilan taniladi.
  • Mr. Tumnus (Janob Tumnus) — favn, Lucy Narniyada uchratgan eng birinchi shaxs. Tumnus uni Jodugardan yashiradi. Bu unga muammolar keltiradi, oqibatda u hibsga olinib, toshga aylantiriladi. Keyinchalik u Aslan tarafidan hayotga qaytariladi va Pevensielarning yaqin doʻsti boʻlib qoladi.
  • Malika Jadis, Oq Jodugar — Narniyaning oʻzboshimcha saylanib olgan qirolichasi. Oʻta qattiqqoʻllik bilan boshqarib, u Narniyada abadiy qishni oʻrnatadi va hech qachon Rojdestvo kelmaydigan qilib qoʻyadi. U Narniyaga sotqinlik qilgan istalgan kishini oʻldirish huquqiga ega, va bu tez-tez sodir boʻlib turgan. Uning sehrli tayoqchasi odam va hayvonlarni toshga aylatira oladi. Oq Jodugarni yagona qoʻrqinchi bu: "Odam Atoning ikki ogʻli va Momo Havvoning ikki qizi Narniyaga keladi va Aslan bilan ittifoqlashib Oq Jodugarni agʻdaradilar", — deb aytilgan bashorat edi. (Oq Jodugar dastlab Jodugar jiyani kitobida paydo boʻladi).
  • Aslan — arslon, u Narniyadagi barcha narsani muvozanatda ushlab turadi. U Edmundni qutqarish uchun oʻzini qurbonlikka keltiradi, va belgilangan payt kelganda Oq Jodugarga qarshi jangda Narniya xalqi va Pevensie bolalariga yordam berish uchun qayta tiriladi.
  • Professor Kirke (Professor Kirk) — Londondan evakuatsiya qilingan Pevensielarga boshpana bergan professor. U Lucy haqiqatda ham Narniyani topganiga ishongan yagona odam, chunki oʻzi ham bolaligida u yerda boʻlgan, shu tufayli Kirke boshqa Pevensielarni ham Lucy haqiqatiga ishontirishga harakat qiladi. U shuningdek, Jodugar jiyani kitobidagi bosh qahramon — Digory Kirke
  • Mr. Beaver (Janob Qunduz) — Tumnus bilan doʻst, u Oq Jodugarga qarshi kurashishga harakat qiladi va Tumnus, Lucy, Susan, Peterlarni izlab topadi.
  • Mrs. Beaver (Xonim Qunduz) — Janob Qunduzning xotini. U Pevensielarga yaxshi yeguliklar tayyorlab yordam beradi, shuningdek, u juda optimistik ruhda.
  • Pakana odam. Pakana odam Oq Jodugarning oʻng qoʻli. Kitobda ismsiz boʻlgani bilan, filmda uning ismi Ginnabrick.
  • Maugrim — Oq Jodugar tomonidan Pevensie bolalariga qarshi ovga yuborilgan boʻri. U Narniyaning politsiyachisi, "Peterning birinchi jangi" qismida Peter tomonidan oʻldiriladi.

Ekranizatsiyalar

Multfilm

Kinofilm

Fayl:The-chronicles-of-narnia-poster.jpg
"Narniya yilnomalari:Arslon, Jodugar va Kiyimlar shkafi" filmining posteri.

Qiziqarli dalillar

Ishoratlar

  1. http://narnia-land.narod.ru/
  2. http://narnia-land.narod.ru/