AQSh dollari: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k r2.7.1) (Bot Qoʻshdi: ckb:دۆلاری ئەمریکی
EmausBot (munozara | hissa)
k r2.7.3) (Bot Oʻchirdi: br:Dollar ar Stadoù Unanet
Qator 38: Qator 38:
[[bn:মার্কিন ডলার]]
[[bn:মার্কিন ডলার]]
[[bpy:ইউ এস ডলার]]
[[bpy:ইউ এস ডলার]]
[[br:Dollar stadunanat]]
[[br:Dollar ar Stadoù Unanet]]
[[bs:Američki dolar]]
[[bs:Američki dolar]]
[[ca:Dòlar dels Estats Units]]
[[ca:Dòlar dels Estats Units]]

15-May 2012, 14:34 dagi koʻrinishi

AQSH dollari
United States dollar
ISO 4217: USD yoki US$
Davlat nomi: AQSH
Simvol: $

AQSh dollariAQSh milliy pul birligi.

Tarix

Dollar so’zi o’rta asrlardagi dastlab 1519 yilda Germaniyada paydo bo’lgan tanga nomi “Taller”dan kelib chiqqan. 1873 yilda taller Germaniyada butunlay muomaladan chiqib ketdi. Uning o’rniga marka kirib keldi. Biroq uning nomi xalq orasida qolib ketdi. O’sha paytlarda Angliya va Ispaniya koloniyalarida peso nomi bilan mashhur bo’lgan ispan tangalari muomalada bo’lgan. Bu tangalarni ko’p joylarda adashgan holda “dalar” deb atashar edi. Bizga mashhur bo’lgan dollar nomi ham uning dunyoga mashhur belgisi dollar ham o’sha paytda paydo bo’lgan. Uzun inglizcha ibora “piese of Eight”, ya’ni 1/8 (nimchorak) qog’ozda o’chirilgan 8 ga aylanib, oxir-oqibat bizga tanish bo’lgan dollar belgisi paydo bulgan.

1879 yilda AQSh hukumati davlatning rasmiy valyutasini muomalaga kiritish chog’ida unga hech ikkilanmay hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan dollar nomini tanlashdi. O’sha paytda mashhur shaxslardan biri “Yangi Amerika o’zining yangi puliga juda eski nom tanladi” - degan edi. 1792 yilda muomalada bo’lgan AQSh pulining tarkibidagi sof oltin miqdori 1,6033 gr yoki 24,057 gr sof kumushdan tarkib topgan edi. 80 yillardan so’ng, ya’ni 1876 yilda mazkur oltin tangalar davlatning rasmiy pul birligi sifatida tan olingandan so’ng uning tarkibidagi sof oltin miqdori 1,50463 gr qilib belgilandi. Bu miqdor AQShda yana 30 yil, 1929-33 yillardagi jaxon iktisodiy krizisigacha amalda bo’ldi. Shu alfozda qabul qilingan “oltin zahirasi” haqidagi hujjatga binoan, tilla miqdori 0,88867 gr.ga, ya’ni 41 foizga tushirildi.

Shu paytda Troya unsiyasining narxi 35 dollar edi. II-jahon urushidan keyin AQSh dunyodagi hukmronligini mustahkamlanishi bilan dollarning dunyodagi o’rni ham asta-sekin bilinib bordi. Marshal shartnomasiga asosan, vayrona holga kelgan Yevropaga AQSh investitsiyasi bilan birgalikda dollarning yirik oqimi ham kirib kela boshladi. Urush tufayli achinarli axvolga tushib qolgan Yevropada dollarning keng iste’molga kirishi qiyin kechmadi. Shu paytda Yevropaning markaziy banklarida dollarni istalgan Yevropa davlati pul birligiga yoki kelishilgan miqdordagi oltinga almashtirib olish mumkin edi. Biroq XX asrning 60-yillari o’rtalariga kelib, dollarning kadri tushib keta boshladi. Inflyatsiyaning o’sishi va AQSh savdo balansidagi tanqislik navbatdagi dollar deval’vatsiyasini keltirib chiqardi. 1971 yilning oxirida oltinning bir unsiyasi 38 dollarga chiqdi. Dollarning tarkibidagi oltin miqdori esa umuman to’xtatildi. 1973 yillar yana 10 foizga deval’vatsiya qilindi. 1974 yilning fevraliga kelib, oltinning bir unsiyasi dunyoning yirik birjalarida 150 dollarga ko’tarildi. Hozirgi kunda bu ko’rsatkich 260 dollarni tashkil etadi. 100 yil mobaynida dollar 10 barobar arzonlashdi. Ammo oltin standartidan voz kechilgan paytda dollar yer yuzining ko’pchilik aholisini ishonchini qozongan edi. Ko’plab davlatlarning norasmiy pullariga aylanib qoldi. Oxirgi yillarda esa Janubiy Amerika davlatlarining ko’pchiligida dollar asosiy pul o’rnida qo’llanilmoqda.

AQShdan boshqa yana 26 davlat pul birligi dollar nomi bilan yuritiladi. Zamonaviy “dollarchi” davlatlarning katta qismini Britaniya imperiyasidan mustaqil bo’lgandan so’ng qabul qilishgan. 1857 yilda Kanada Britaniya koloniyasidan domin’oniga aylangan vaqtdan boshlab, bu davlatning rasmiy pul birligiga aylandi. Shuning uchun ham hozirgi paytda zamonaviy Kanada banknotlarida ham Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni portreti aks etgan. Oxirgi muomalaga kiritilgan dollarlardan biri - bu Singapur dollaridir. 1967 yilda keng muomalaga kiritilgan ushbu banknotlar qushlar, kemalar, gullar va boshqa narsalar bilan bezatilgan. Bu pul dunyo pullari ichida ham eng chiroyli bo’lishiga da’vogarlik qiladi. Lekin zamonaviy AQSh dollarlari esa hamon XX asr boshidagi tasvirini o’zgartirganicha yo’q. Old qismi kulrang, orqasi yashil. Barcha banknotlar bir xil o’lchamda (157x67 mm). XX asr oxiriga kelib, pul qalbakilashtirish avjiga chiqqan paytda dollarning sodda ko’rinishi davr talabiga javob berolmay qoldi. Yaqin-yaqingacha pulni qalbakilashtirish juda oson edi. 1996 yilda chiqqan dollarning yangi nusxasi firibgarlar uchun jiddiy sinov bo’ldi.