Steve Jobs: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Biografiyasi: Jobsning sog'lig'i haqida yozdim
k Gap to'g'riladim
Qator 30: Qator 30:
1983-yil Epl Liza (Lisa) degan asosan bizneslar uchun mo’ljallangan kompyuterni savdoga chiqaradi. Lizada birinchilardan bo’lib ekranda kursorni boshqaradigan “sichqon” bor edi. Keyinroq keng ommaga mo’ljallangan Makintosh (Macintosh) kuchli kompyuteri chiqadi. Makintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, [[GUI]] ) texnologiyasidan qo’llanilgan.
1983-yil Epl Liza (Lisa) degan asosan bizneslar uchun mo’ljallangan kompyuterni savdoga chiqaradi. Lizada birinchilardan bo’lib ekranda kursorni boshqaradigan “sichqon” bor edi. Keyinroq keng ommaga mo’ljallangan Makintosh (Macintosh) kuchli kompyuteri chiqadi. Makintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, [[GUI]] ) texnologiyasidan qo’llanilgan.


[[File:Steve Jobs Statue in Budapest.JPG|thumb|2011- 21-dekabrda Stiv Jobsga bugungi kunning eng buyuk allomalaridan bir bo'lgani uchun [[Budapesht]]da ilk bronza haykal o'rnatildi.<ref>{{cite news |title= Steve Jobs statue unveiled in Hungary science park |url= http://www.globalpost.com/dispatches/globalpost-blogs/weird-wide-web/steve-jobs-apple-iphone-statue-budapest-hungary-graphisoft |newspaper=GlobalPost |date=21-dekabr, 2011 |accessdate=5-Aprel, 2012}}</ref>]]
[[File:Steve Jobs Statue in Budapest.JPG|thumb|2011- 21-dekabrda Stiv Jobs bugungi kunning eng buyuk allomalaridan bir bo'lgani uchun [[Budapesht]]da uning xotirasiga ilk bronza haykal o'rnatildi.<ref>{{cite news |title= Steve Jobs statue unveiled in Hungary science park |url= http://www.globalpost.com/dispatches/globalpost-blogs/weird-wide-web/steve-jobs-apple-iphone-statue-budapest-hungary-graphisoft |newspaper=GlobalPost |date=21-dekabr, 2011 |accessdate=5-Aprel, 2012}}</ref>]]


===NeXT===
===NeXT===

5-Aprel 2012, 20:07 dagi koʻrinishi

Stiv Jobs
Steven Paul Jobs
Tavalludi 24-fevral 1955-yil
Vafoti 5-oktyabr 2011-yil(2011-10-05)
(56 yoshda)
Palo-Alto, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSh[1]
Otasi John Abdulfattah Jandali[2]
Onasi Joanne Carole Schieble Simpson[3]
Imzosi

Stiven Pol Jobs (Inglizcha Steven Paul Jobs) yoki Stiv Jobs (Inglizcha Steve Jobs) (24-fevral, 1955 – 5-oktabr, 2011) - amerikalik muhandis va tadbirkor, Apple Inc. korporatsiyasi asoschisi va direktori boʻlgan. Stiv Jobs ham ko’p ishni bajara oladigan, ham o’ziga tortadigan ishlamli mahsulotlarni chiqarishda bir qator yangiliklarni kiritgan. Uni ko’pincha biznes tarixidagi eng muvaffaqiyatli va boshqalarga o'rnak bo'la oladigan tadbirkor deb atashadi.

Biografiyasi

Stiv Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View sharchasida tugʻilgan. Uning yoshlik va oʻsmirlik yillari shu yerda oʻtgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar bo'lgani va oila qurmagani uchun go'dakni berib yuborishadi. Pol va Klara Jobslar uni boqib oladi.

Bolaning asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy, suriyalik musulmon, onasi Joanna Simpson esa amerikalik bo'lgan. Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Simpson esa tilshunoslik sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Stiv Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Stiv Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi.[4][5]

2003-yil Stiv Jobsning oshqozonosti bezida rak paydo bo’ladi. Davlolangandan keyin avvaliga o’zini ancha yaxshi his qiladi lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil jigarini transplantasiya qildiradi. Ammo sog’lig’i hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyidada Eplning boshi (CEO) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetning yetakchisi qilib tayinlanadi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi (metastazi) tufayli nafasi to’xtab dunyodan ko’z yumdi.[6][7][8]

Ish faoliyati

Tishlangan olma - "Apple.Inc" kompaniyasi timsoli. "Apple" Inglizchada "olma" degani.

Ilk yillar

1974-yil Stiv Jobs maktab davrida tanishgan do’sti Stiv Vozniak (Steve Wozniak) bilan yana uchrashadi va unga birga biznes ochishni taklif qiladi. Stiv Vozniak o’sha paytda HP (Hewlett-Packard) kompaniyasida ishlardi. 1976-yil Jobsning Fol’ksvagen minibusini va Vozniakning programmalasa bo’ladigan kal’kulyatorini sotib, ikki o’smir Jobsning uyidagi garajda mantiqiy plata (logic board) yasashadi va uni Epl I (Apple I) deb atashadi. Stiv Jobs birinchilardan bo’lib kompyuterlardan faqat olimlar va korxonalar emas, balki har qanday inson foydalansa bo’ladi degan fikrni olg’a surgan.

1977-yil ikki do’st Epl II (Apple II) kompyuterini yasashadi va unga klaviatura bilan ko’rkam quti qo’shishadi. O’sha yili Stiv hamkorlardan mablag’ to’playdi va Epl Kompyuter (Apple Computer) kompaniyasiga asos soladi. Epl II juda muvaffaqiyatli mahsulot edi: 1982-yil Epl bir yilda 1 milliard dollardan oshiq savdo qilgan tarixda birinchi kopyuter kompaniyasi bo’ldi. 1983-yil Epl Kompyuter oldin ko’rilmagan tezlik bilan AQShning eng yuqori 500 kompaniyalari ro’yxati bo’lgan Fortyun 500 (Fortune 500) safiga kiradi.

1983-yil Epl Liza (Lisa) degan asosan bizneslar uchun mo’ljallangan kompyuterni savdoga chiqaradi. Lizada birinchilardan bo’lib ekranda kursorni boshqaradigan “sichqon” bor edi. Keyinroq keng ommaga mo’ljallangan Makintosh (Macintosh) kuchli kompyuteri chiqadi. Makintoshda foydalanuvchining grafik interfeysi (Graphical user interface, GUI ) texnologiyasidan qo’llanilgan.

2011- 21-dekabrda Stiv Jobs bugungi kunning eng buyuk allomalaridan bir bo'lgani uchun Budapeshtda uning xotirasiga ilk bronza haykal o'rnatildi.[9]

NeXT

1985-yil Stiv Jobs ichki nizolar tufayli o’zi yaratgan kompaniyadan haydaladi. Jobs o’zi bilan besh ischini olib NeXT degan yangi shirkatga asos soladi. 1986-yil Jobs Lucasfilm Ltd. degan kompaniyaning kompyuter bo’limini sotib oladi va uni Piksar Animasiya Studiyasi (Pixar Animation Studios) deb ataydi. Piksar komyuter animasiyasi sohasida eng ilg’or kompaniyaga aylanadi. Piksar 1995-yil "O’yinchoqlar tarixi" (Toy Story) — tarixda birinchi butunlay kompyuterda ishlangan fil’mni chiqaradi.

1996-yil Epl NeXTni sotib oladi va Jobs Eplning maslahatchisi qilib tayinlanadi. Keyinroq Jobs yana qaytadan Eplning boshlig’i lavozimiga ko’tariladi va uning rahbarligi ostida kompaniya oyoqqa tura boshlaydi. 1998-yil Jobs ko’p hissa qo’shgan iMac degan bittagina qismdan iborat kompyuter sotuvga chiqariladi va Eplning ishlari yanada yurishib ketadi.

iPod, iTines, iPhone va iPad

2001-yil Epl musiqa tinglash uchun mo’ljallangan iTunes programmasini chiqardi. O’sha yili raqamli pleyer iPod sotuvga chiqarildi. Bu mahsulot butun dunyo bo’yicha xaridorlarga manzur bo’ldi. Bu muvaffaqiyatdan keyin iTunes musiqa sotib olish sayti ochildi. 2003-yil aprelda ochilgan bu saytdan shu kungacha 10 milliarddan oshiq kuy ko’chirib olindi. 2007-yil ko’p funksiyali iPhone telefoni, 2010 yil bo’lsa iPad planshet kompyteri sotuvga chiqarildi. Bu ikkala mahsulotning tayyorlanishini Jobs shaxsan o’zi kuzatib borgan.

Manbalar

Havolalar