Koreya Xalq Demokratik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k r2.7.1) (Bot Oʻchirdi: mn:Умард Солонгос
Vagobot (munozara | hissa)
k r2.7.2) (Bot Qoʻshdi: lez:Кеферпатан Корея
Qator 98: Qator 98:
[[lad:Korea del Nord]]
[[lad:Korea del Nord]]
[[lb:Demokratesch Volleksrepublik Korea]]
[[lb:Demokratesch Volleksrepublik Korea]]
[[lez:Кеферпатан Корея]]
[[li:Noord-Korea]]
[[li:Noord-Korea]]
[[lmo:Corea del Nòrd]]
[[lmo:Corea del Nòrd]]

30-Mart 2012, 06:45 dagi koʻrinishi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yoki Shimoliy Koreya - Koreys yarimorolida, Janubiy Koreya shimolida joylashgan mamlakatdir. Maydoni 120,54 ming km². Aholisi 23 486 550 kishi. Poytaxti — Pxenyan. 9 ta maʼmuriy provinsiyaga va 4 ta markazga boʻysunuvchi shaharlar (Pxenyan, Keson, Xamxin, Chxonjin). Davlat boshligʻi — prezident. Davlat hukumatining yuqori organi va qonun chiqaruvchi organi — bir palatali Yuqori Xalq yigʻini hisoblanadi. 1948-yil Kim Ir San rahbarligida Mehnat partiyasi MK hukumati shakllandi. 1958-yilda qishloq va shaharlarda ijtimoiy shakllanish tugallandi. 1972-yil dekabrda KXDRning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.Asosiy sanoat tarmoqlari: qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi, yogʻochni qayta ishlovchi, kimyo va neft kimyosi, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoat tarmoqlari bor. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun turadi. Yerlarga ishlov beriladi va sugʻoriladi. Sholi, texnika ekinlari, dukkaklilar, paxta, tamaki va boshqalar yetishtiriladi. Plantatsiyalarda jenshen, bogʻdorchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Yirik shoxli qoramollar, choʻchqachilik, parrandachilik, baliqchilik tarmoqlari bor. Temir yoʻllarning uzunligi — 4915km dan ortiq, shundan 3500km elekrtlashtirilgan, avtomobil yoʻllari — 31200 km dan ortiq. Dengiz portlari: Vonsan, Chxonjin, Nampxo, Xinnam. Tashqi aloqalar aylanmasining hissasi 80 % dan ortiq. Metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, togʻ-kon sanoati mahsulotlari, baliq mahsulotlari, mevalar eksport qilinadi. Hamkorlari: Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Germaniya. Pul birligi-vona.KXDR xalq hukumati yillarida mustamlaka mamlakatdan industrial-agrar sotsialistik mamlakatga aylandi. Iqtisodiy rivojlanishi sotsialistik mamlakatlar bilan hamkorlikda olib borildi. Sanoat xissasiga sanoat mahsulotlari va qishloq xoʻjalikning ¾ qismi toʻgʻri keladi. Elektr energiyasi ishlab chiqariladi, koʻmir, temir, rux, molibden, volfram, qoʻrgʻoshin, mis, alyuminiy, magniy, oltin, grafit, pirit, tuz qazib chiqariladi.

Andoza:Link FA