Liberalizm: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Vagobot (munozara | hissa)
k Bot: vi:Chủ nghĩa tự do is a featured article
Robbot (munozara | hissa)
k r2.7.2) (Bot Qoʻshdi: kk:Либерализм Oʻchirdi: gl:Liberalismo
Qator 122: Qator 122:
[[ga:Liobrálachas]]
[[ga:Liobrálachas]]
[[gd:Lachasachd]]
[[gd:Lachasachd]]
[[gl:Libertario]]
[[gl:Liberalismo]]
[[he:ליברליזם]]
[[he:ליברליזם]]
[[hi:उदारतावाद]]
[[hi:उदारतावाद]]
Qator 136: Qator 136:
[[jv:Liberalisme]]
[[jv:Liberalisme]]
[[ka:ლიბერალიზმი]]
[[ka:ლიბერალიზმი]]
[[kk:Либерализм]]
[[ko:자유주의]]
[[ko:자유주의]]
[[krc:Либерализм]]
[[krc:Либерализм]]

24-Fevral 2012, 10:59 dagi koʻrinishi

Xalqni yo'llatuvchi erkinlik, Eugène Delacroix, 1830, Luvr

Liberalizm (Либерализм) (fransuzcha: libéralisme) — odamlarning o'zini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy dunyoqarash, nazariya.

Liberalizmning asosiy printsiplari

Liberalizm
G'oyalari
Erkinlik
Kapitalizm · Bozor
Inson xuquqlari
Qonun ustivorligi
Ijtimoiy shartnoma
Tenglik · Millat
Plyuralizm · Demokratiya
Ichki oqimlari
Libertarianlik
Neoliberalizm
Ijtimoiy liberalizm

Mukammal liberal jamiyat bu har kim uchun erkin harakat qilish imkoniyatini beruvchi, muxim siyosiy ma'lumotlar bilan erkin almashuvchi, davlat va din hokimiyatini cheklovchi, qonun ustivorligini ta'minlovchi, shaxsiy mulk va erkin tadbirkorlik mavjud jamiyatdir. Liberalizm jamiyat, davlat, hayot tarzi uchun asos bo'lgan ko'pgina eski dunyoqarashlarni bekor qildi. Jumladan, hukmdorlarning iloxiy huquqlari va dinning yagona bilim manbai kabi holatlardan voz kechildi. Liberalizm fundamental printsiplari quyidagilarni o'z ichiga oladi: har kim uchun yashash, shaxsiy erkinlik va mulk egaligi xuquqi; qonun oldida hammaning tengligi; erkin bozor iqtisodiyoti; erkin va rost saylovda tanlanuvchi hukumat; davlat boshqaruvining oydinligi. Shu bilan birga hukumatning asosiy funktsiyasi ushbu holatlarni ta'minlashdan iboratdir. Zamonaviy ko'rinishda liberalizm kamchilikning xuquqlarini himoya qiluvchi, plyuralizm va demokratik boshqaruvga asoslangan ochiq jamiyatni ko'zda tutadi. Ba'zi zamonaviy nuqtai nazarlarda davlat boshqaruvini kengaytirish mumkin deb qaraladi. Buning sababi fuqarolarning o'z imkoniyatlarida tengligini, ma'lumot olishi va foyda ko'rishidagi farqni qisqartirishni ta'minlashdan iboratdir. Bunday qarash tarafdorlari davlat o'z majburiyatlarini bajarishida barchaning muvaffaqiyatini ta'minlashi lozimligini ko'rsatishadi. Jumladan ishsizlarga yordam berish, boshpanasizlar uchun joy berish va tekin tibbiy xizmat ko'rsatish davlat majburiyatlaridan biridir.

Liberallarning qarashlariga binoan hukumat o'z qaramog'idagi insonlarning qiziqishlarini ko'zda tutib faoliyat ko'rsatishi lozim, davlatning siyosiy boshqaruvi ko'pchilikning roziligi bilan amalga oshirilishi kerak. Hozirda liberallarning talablariga eng yaqin davlat boshqaruv tizimi liberal demokratiyadir.

Ko'rib chiqish

Etimologiya va tarixiy ishlatilishi

"Liberal" so'zi lotincha: liber ("erkin") degan so'zdan kelib chiqadi. Tit Liviy "Rim shaxri asoslanishi vaqtidan tarixi" kitobida plebeylar va patritsiylar orasidagi sinflararo erkinlik uchun kurashni eslatib o'tadi. Mark Avreliy o'zining "Fikr yuritishlarida" "barcha uchun teng qonun qabul qilingan, barchaning tengligi tan olingan va so'z erkinligi mavjud davlat; shuningdek, avvalambor o'z qo'l ostidagi xalq erkinligini qadrlovchi mamlakat" haqida so'z olib boradi. Italiyada renessans davrida ushbu kurash mustaqil shaxar-davlatlar va Rim Papasi orasida ko'tarila boshladi. Nikolo Makiavelli "Tit Liviyning birinchi dekadasi haqida o'ylar" asarida respublikancha boshqaruv printsiplarini ta'riflaydi. Angliyada Jon Lokk va Frantsiyada ma'rifatparvarlar erkinlik uchun kurashni inson xuquqlari tushunchasi asosida ta'riflashdi.

Frantsiya respublikasi davlat muxri. Boshdan yo'g'uvchi nur qadimgi yunon xudosi Geliosdan olingan.

AQSH mustaqilligi uchun urush natijasida liberal davlat haqidagi qarashlarga tayangan dastlabki konstitutsiya ishlab chiqildi. Bunda ayniqsa davlat boshqaruvi doim boshqariluvchilar roziligi bilan amalga oshirilishiga urg'u berildi. Frantsiya burjuaziyasi ham buyuk frantsuz revolyutsiyasi vaqtida liberal printsiplarga tayanuvchi hukumat yaratishga harakat qildi. "Liberal" so'zining siyosiy yo'nalish tarafdorlariga nisbatan, dastlab, absolyutizmga qarshi bo'lgan Ispaniya (1812 y.) konstitutsiyasi mualliflari ishlatgan bo'lishi kerak. XVIII asrdan boshlab liberalizm deyarli barcha rivojlangan davaltlarda asosiy g'oyaga aylandi.

Liberal fikrlarni amalga oshirishdagi dastlabki harakatlar qisman natija berardi, ba'zida umuman qarama-qarshi holatlarga olib kelardi (masalan, diktaturalarning paydo bo'lishi). Tenglik va erkinlik shiorlaridan avantyristlar foydalanishardi. Liberalizmni turlicha talqin qiluvchilar orasida jiddiy baxslar yuzaga kelardi. Urushlar, revolyutsiyalar, iqtisodiy inqirozlar g'oyalarga ishonchni yo'qotardi. Shu kabi sabablar tufayli liberalism turli davrlarda turlicha talqin qilindi. Vaqt o'tishi bilan barcha qarashlar tartiblashtirildi va natijada eng keng tarqalgan davlat boshqaruv tizimlaridan biri - liberal demokratiya yuzaga keldi.

Liberalizm shakllari

Dastlab liberalizm barcha xuquqlar jismoniy va yuridik shaxslar qo'lida bo'lishi kerak, davlat esa shu xuquqlarni himoya qilish uchun mavjud bo'lishi lozim degan xolatdan kelib chiqardi (klassik liberalizm). Zamonaviy liberalizm klassik talqin chegaralarini ancha kengaytirdi va xozirda ko'pgina oqimlarni o'z ichiga oladi. Bu oqimlar orasida qarama-qarshiliklar va xatto to'qnashuvlar mavjud. Bu oqimlar, jumladan "Inson xuquqlari deklaratsiyasida" ko'rsatib o'tilgan. Atamalarni aniqlashtirish maqsadida ushbu maqolada "siyosiy liberalizm" - demokratiya uchun va absolyutizm yoki avtoritarizmga qarshi kurash; "iqtisodiy liberalizm" - shaxsiy mulk egaligi uchun va davlat boshqaruviga qarshi harakat; "madaniy liberalizm" - shaxs erkinligini himoya qilish va unga vatanparvarlik yoki diniy dunyoqarash tomonidan hiyonat qilmaslik; "ijtimoiy liberalizm" - imkoniyatlarning tengligi va iqtisodiy ekspluatatsiya qarshi ma'nolarida ishlatiladi. Zamonaviy liberalizm rivojlangan davlatlarda barcha liberalizm shakllarini qo'shilishidan iboratdir. Uchinchi dunyo davlatlari orasida asosan sog'lom yashash muxiti va kolonializmga qarshi "og'alik liberalizmi" keng tarqalgan.

Siyosiy liberalizm

Siyosiy liberalizm - aloxida shaxslar qonun va jamiyat asosi xisoblanadi, ijtimoiy institutlar individuumlarni real hokimiyat bilan ta'minlash uchun mavjud deb ta'kidlovchi qarash. Angliyaning Buyuk erkinlik xartiyasi (1215 y.) ba'zi shaxs xuquqlarining monarxdan kengroq doirada qo'llanilishi namunasidir. Bunda asosiy xolat ijtimoiy shartnomadan iboratdir. Unga binoan, fuqarolar o'zlari qonun yaratishadi va o'zlari shu qonunga bo'y sunishadi. Qonun ustuvorligiga aloxida urg'u beriladi. Zamonaviy liberalizm, shuningdek, jinsi, ijimoiy kelib chiqishi, millati, e'tiqodi va xokazolardan qat'iy nazar ovoz berish xuquqini o'z ichiga oladi.

Iqtisodiy liberalizm

Iqtisodiy yoki klassik liberalizm mulk egaligi xuquqi va shartnoma erkinligini himoya qiladi. Bu liberalizm shaklining shiori "erkin xususiy korxonadir". Davlatni aralashmaslik printsipiga (laissez-faire) asoslangan kapitalizm muqobil deb bilinadi, bunda davlat subsidiyasi va savdo uchun yuridik cheklanuvlarni bekor qilish ko'zda tutiladi. Iqtisodiy liberallar bozor davlat boshqaruviga muxtoj emas deb ta'kidlashadi. Ularning ba'zilari davlat monopoliya va kartellarni nazorat qilishi mumkin desa, boshqalar monopoliyalar aynan davlat faoliyati tufayli yuzaga keladi deyishadi. Iqtisodiy liberalizm tovar va xizmatlar narxi individuumlarning erkin tanlovi, ya'ni bozor kuchlari bilan shakllanishi lozim deb ta'kidlashadi. Ba'zilar bozor kuchlarini xavfsizlik yoki sud tizimi kabi ananaviy davlat faoliyati doirasiga ham ta'sir o'tkazishiga yo'l qo'yishadi. Iqtisodiy liberalizm, shartnomalar tuzishda yuzaga keladigan iqtisodiy tengsizlikni, raqobatning tabiiy natijasi deb qaraydi. Xozirda liberalizmning bu shakli libertianlikda yaqqol namoyon bo'lgan. Boshqa ko'rinishlari minarxizm va anarxo-kapitalizmdir. (Qarang: neoliberalizm, liberalizatsiya).

Madaniy liberalizm

Madaniy liberalizm e'tiborini dastlab ong va xayot tarziga oid shaxs erkinligiga qaratadi; jins, e'tiqod, akademik erkinlik, davlatni shaxsiy ishga aralashishidan homoyalash kabi muammolarni o'z ichiga oladi. Jon Styuart Mill o'zining "Erkinlik haqida" essesida quyidagini ta'lidlaydi: "Odamalrning mustaqil yoki guruxda bo'lib boshqalarni faoliyatiga aralashishining yagona maqsadi - o'z-o'zini himoya qilishdir. Sivilizatsiyalashgan jamiyat a'zosi ustidan hukm o'tkazish faqat boshqalarga ziyon yetkazmaslik maqsadidagina amalga oshirilishi mumkin". Madaniy liberalizm u yoki bu darajada davlatning adabiyot va san'at, ilmiy guruxlar faoliyati, qimor o'yinlar, foxishabozlik, jinsiy aloqaga kirish yoshi, abort, kontratseptiv vositalardan foydalanish, evtanaziya, alkogol ichimliklar va giyohvand vositalar qabul qilish kabi soxalarni boshqarishiga e'tiroz qilishadi. Xozirgi kunda Niderlandiya madaniy liberalizm eng yuqori darajasida bo'lgan davlat bo'lishi kerak.

Ijtimoiy liberalizm

Ijtimoiy liberalizm XIX asr oxirida utilitarizm ta'siri ostida yuzaga keldi. Ba'zi liberallar, to'liq yoki qisman, marksizm va ijtimoiy ekspluatatsiya nazariyasini qabul qilishdi va davlat ijtimoiy adolatni tiklash uchun o'z hokimiyatidan foydalanishi lozim degan xulosaga kelishdi. Jon Dyui va Mortimer Adler kabi ba'zi faylasuflar barcha individuumlar, jamiyat asosi sifatida, o'z qobiliyatlarini amalga oshirish uchun ma'lumot olish, iqtisodiy imkoniyatlar, tashqi ziyon yetkazuvchi ta'sirlardan himoya kabi muxim extiyojlar bilan ta'minlanishi kerak deb ko'rsatishdi. Bunday jamiyat ta'minlovchi pozitiv xuquq, aralashmaslikka asoslangan, negativ xuquqdan tubdan farg qiladi. Ijtimoiy liberalizm tarafdorlari negativ xuquqni adolatli amalga oshirish uchun fuqarolarga pozitiv xuquqlar kafolati berilishi zarurdir deb ta'kidlashadi, chunki amalda kam ta'minlangan axoli yashab qolish maqsadida ba'zi xuquqlaridan voz kechadi, sudlar esa boylar tomoniga yon bosadi. Ijtimoiy liberalizm iqtisodiy raqobatga ba'zi cheklanishlar kiritishni qo'llab quvvatlaydi. U, shuningdek, hukumatdan qobiliyatlilar rivojlanishi uchun sharoit yaratish, bosh ko'tarishlarni oldini olish va umumiy muvaffaqiyatga erishish uchun axolini (soliqlar yordamida) ijtimoiy ximoya qilishini kutadi.

Fayl:Logo Liberal International.gif
Xalqaro liberal partiyalar federatsiyasi bo'lgan «Liberal internatsional» belgisi

Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm orasida fundamental qarama-qarshilik mavjud. Iqtisodiy liberallar pozitiv xuquqlar negativ xuquqlarni buzilishiga olib keladi va, demak, ularga yo'l qo'yish mumkin emas deb xisoblashadi. Ular davlat funktsiyalarini asosan xavfsizlik, mudofa va sud hokimiyati bilan cheklangan deb ko'rishadi. Ijtimoiy liberallar esa davlatning asosiy funktsiyasi ijtimoiy ximoyadan iborat va o'z ichiga quyidagilarni oladi deyishadi: nochorlarni oziq-ovqat va boshpana bilan ta'minlash, tibbiy yordam, o'rta ta'lim, nafaqa bilan ta'minlash, jinoyatchilikni oldini olish, bolalar, nogironlar va keksalarga qarash, tabiiy ofat qurbonlariga yordam berish, kamchilikni ximoya qilish, fan va san'atni ximoya qilish. Bunday uslub hukumatga keng cheklanishlar qo'yish imkoniyatini yo'qotadi. Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm, garchi shaxsiy erkinlkka erishish bo'lgan yagona maqsadga intilsada, lekin uni amalga oshirish vositalarida tubdan farq qiladi. O'ng va konservativ oqimlar iqtisodiy liberalizmga tayanib, madanaiy liberalizmga inkor qilishadi. Chap oqimlar, asosan, madaniy va ijtimoiy liberalizmga urg'u berishadi. Ba'zi tadqiqotchilar pozitiv va negativ xuquqlarni qarama-qarshi qo'yish sun'iy va noo'rin deb ko'rsatishadi, chunki "negativ" xuquqlarni ta'minlash o'z navbatida jamiyatdan manbalar talab qiladi (masalan, mulk egaligi xuquqini ta'minlash uchun yuridik apparatdan foydalanish).

Og'alik liberalizmi

Og'alik yoki fraternitar liberalizm (xalqlar og'aligi) urushdab keyin uchinchi dunyo davlatlarining kolonializmga qarshi kurashi natijasida paydo bo'ldi. Bugungi kunda u xuquqiy norma sifatida emas balki ko'proq turli intilishlar bilan bog'liqdir. Uning maqsadi boshqaruv, moddiy boyliklar va texnologiyalarni rivojlangan davlatlar qo'l ostida bo'lishiga qarshi kurashdan iborat. Bu oqim tarafdorlari tinchlik, o'z o'zini aniqlash, iqtisodiy rivojlanish va umuminsoniy boylikalrga (tabiiy boyliklar, ilm-fan yutuqlari, madaniy boylikalar) jamiyatning kollektiv xuquqi bor deb ta'kidlashadi. Og'alik liberalizmi, shuningdek, dunyo ekologik axvoli va gumanitar yordamga o'z e'tiborini jalb qiladi.

Barcha yuqorida ko'rsatib o'tilgan liberalizm shakllari davlat va shaxslar javobgarligi orasida balans bo'lishi lozim, davlat funktsiyalari shaxsiy sektor bajara olmaydigan masalalar bilangina cheklanishi kerakligini ko'zda tutadi. Liberalizmning barcha shakllari insoniy qadriyatlarni va shaxsiy erkinlikni xuquqiy ximoya qilishga qaratilgan va shaxslarning xatti-harakatlariga qo'yilgan cheklanishlarni bekor qilish jamiyatni yaxshilanishiga olib keladi deb ta'kidlaydi.

Liberal fikrning rivojlanishi

Manbalari

Shaxsiy erkinlikka intilish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun xos bo'lgan. Masalan, XV asrda Florentsiya va Venetsiya shaxar-davlatlari tuzilishi o'z ichiga xuquqiy davlat va demokratiya elementlari hamda erkin tadbirkorlik printsiplarini olgan.

Liberalizm g'oya sifatida gumanizmga tayanadi. U Renessans davrida katolik cherkov hokimiyatiga qarshi chiqdi (buning oqibatida, jumladan, Niderlandiya burjua revolyutsiyasi yuz berdi), hamda Angliyada Ajoyib revolyutsiya (1688 y.) natijasida Viglarning qirolni saylash xuquqiga ega bo'lishiga olib keldi. Oxirgi voqea oqibatida bosh hokimiyat xalq qo'lida bo'lishi kerak degan nuqtai nazarlar paydo bo'la boshladi. Biroq asl liberal oqimlar Oydinlanish davrida Frantsiya, Angliya va kolonial Amerikada yuzaga keldi. Ularga qarshilar absolyut monarxiya, merkantelizm, ortodoksal din va klerikalizm edi. Bu liberal harakatlar birinchi bo'lib inson xuquqlariga konstitutsionalizm va erkin saylov yo'li bilan boshqarish tushunchalariga tayanib ta'rif berishdi.

Jon Lokk

Erkin shaxslar barqaror jamiyat asosi bo'lishi mumkin degan fikrni dastlab Jon Lokk olg'a surdi. Uning "Boshqaruv xaqida ikkita traktat"[1](1690 y.) asari ikkita liberal printsipni asoslab berdi: shaxsiy mulk egaligi va e'tiqod erkinligini o'z ichiga oluvchi intellektual erkinlik. Uning nazariyasi asosi bo'lib yashash, shaxsiy erkinlik va shaxsiy mulk egaligi kabi tabiiy xuquqlar xizmat qiladi. Fuqarolar jamiyat a'zosi sifatida ijtimoiy shartnoma tuzishadi; unga asosan ular tabiiy erkinliklarini himoya qiluvchi hukumat foydasiga o'z hokimiyatlaridan kechishadi. O'z qarashlarida Lokk burjuaziyani himoya qilgan bo'lib, e'tiqod erkinligini katoliklar uchun va inson erkinligini xizmatkorlar uchun targ'ib qilmagan. Lokk shuningdek demokratiyani qo'llab quvvatlamagan. Shuunga qaramasdan, uning ba'zi g'oyalari amerika va frantsuz revolyutsiyalari asosi bo'lib xizmat qildi.

Yevropa kontinentida qonun oldida barcha, xatto oliy hukmdor ham teng degan doktrinani rivojlantirish bilan Sharl Lui Monteskye shug'ullandi. Davlat hokimiyatini cheklantiruvchi asosiy uslub deb, Monteskye, hukumat bo'linishi va federalizmni xisobladi. Uning tarafdorlari bo'lgan iqtisodchilar Jan-Batist Sey va Destyut de Trasi davlatni iqtisodga aralashmaslik printsipini targ'ibot qilishdi. Oydinlashtirish davri donolaridan ikki kishi liberalizmga eng katta ta'sir ko'rsatishdi: konstitutsion monarxiya tarafdori bo'lgan Voltyer va tabiiy erkinlik g'oyasini rivojlantirgan Jan Jak Russo. Bu ikki faylasuf shaxsning tabiiy erkinligini cheklash mumkin lekin uning mazmunini yoqotish mumkin emas degan nuqtai nazarni turli shakllarda himoya qilishdi. Voltyer diniy sabr-toqat muximligi va insonni kamsitishga yo'l qo'ymaslikni aloxida ta'kidladi.

Jan Jak Russo

«Ijtimoiy shartnoma haqida» (1762 y.) traktatida Russo bu kontseptsiyaga yangicha ta'rif berdi. U ko'pgina odamlar mulk egasi bo'lmasdan jamiyat a'zosi bo'lishi, ya'ni ijtimoiy shartnoma faqatgina mulk egalari xuquqlarini mustaxkamlashiga e'tiborni jalb qildi. Bu shartnoma legitim bo'lishi uchun inson o'z erkinligi o'rniga faqat jamiyat ta'minlab bera oladigan manbalardan foydalana olishi lozim. Russo bunday manbalardan biri insonni muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradigan va uni qonunga bo'y sunadigan fuqaro qiluvchi ta'limdir deb xisoblaydi. Boshqa manba bo'lib shaxsni o'z millatiga va milliy extiyojlariga tegishliligi sifatida namoyon bo'ladigan kollektiv respublikancha erkinlik xizmat qiladi. Buning oqibatida, ma'lumotli inson o'z erkinligini o'zi cheklaydi, chunki bu uning qiziqishidadir. Millatning bir butun bo'lib irodasini namoyon qilishi xalqning o'z o'zini aniqlashidagina yuzaga keladi. Shunday qilib, ijtimoiy shartnoma milliy rozilik, milliy iroda va milliy birlikka olib keladi. Bu g'oyalar frantsiya revolyutsiyasi davridagi Milliy majlis deklaratsiyasi hamda Bendjamin Franklin va Tomas Jeferson kabi amerika liberalizm arboblari dunyoqarashining asosi bo'ldi.

Frantsuz ma'rifatparvarlari bilan birgalikda liberalizmga Devid Yum, Immanuil Kant va Adam Smit katta xissa qo'shishdi. Devid Yum inson xatti-harakatidagi fundamental (tabiiy) qonunlar ma'naviy normalarga bo'y sunduradi, ularni cheklash yoki yo'q qilish mumkin emas deb ta'kidlaydi. Uning nuqtai nazarlari ta'siri ostida Kant, dinga yondoshmasdan, inson xuquqlariga ma'naviy asos berdi. Uning dunyoqarashiga binoan, bu xuquqlar tabiiy qonunlar va obyektiv xaqiqatga asoslanadi.

Adam Smit

Adam Smit ma'naviy hayot hamda iqtisodiy faoliyat davlat boshqaruvisiz mavjud bo'lishi mumkin degan g'oyani rivojlantirdi va o'z tashabbusini erkin namoyon qila oladigan millatlar eng quvvatli bo'lishini ta'kidladi. U feodal va merkantil boshqarish, patentlar va davlat protektsiyasi tufayli vujudga kelgan monopoliyalardan voz kechishga chaqirdi. "Ma'naviy tuyg'ular nazariyasi" (1759 y.) asarida u motivatsiya nazariyasini rivojlantrib, shaxsiy moddiy qiziqish qanday qilib boshqarilmaydigan jamiyatdagi tartib bilan uyg'unlikda mavjud bo'lishini ko'rsatdi. "Millatlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish" (1759 y.) asarida u ba'zi sharoitlarda erkin bozor o'z o'zini boshqarish qobiliyati mavjud va turli cheklanishlar qo'yilgan bozorga nisbatan ko'proq natijaga erishadi deb ta'kidlaydi. Hukumatni u foyda ko'zlamaydigan faoliyat, masalan, qonunni himoya qilish bilan shug'ullanishga yo'llatdi. Uning soliqlar haqidagi nazariyasi soliqlar iqtisodga ziyon yetkazmasligi lozim va soliqlar xajmi (foizi) doimiy bo'lishi kerak degan holatlardan iboratdir.

Inqilobiy liberalizm

Liberalizm ichidagi baxslar

Liberalizm va demokratiya

Iqtisodiy va ijtimoiy liberalizm qarama-qarshiligi

Urush va tinchlik

Buyuk depressiya

Liberalizm totalitarizmga qarshi

Totalitarizm va kollektivizm

Totalitarizm tarixiy sabablari

Ochiq jamiyat kontseptsiyasi

Iqtisodiy muvaffaqiyatlik va ta'lim

Shaxsiy erkinlik va jamiyat

Shaxsiy erkinlik va davalt boshqaruvi

Zamonaviy liberalizm

Ko'rib chiqish

Liberalizmni zamonaviy tanqidi

Liberalizmni badiiy adabiyotda tanqidi

  1. Two Treatises on Government

Andoza:Link FA Andoza:Link FA