Birlashgan Arab Amirliklari: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
FoxBot (munozara | hissa)
EmausBot (munozara | hissa)
Qator 287: Qator 287:
[[nv:Ásáí Bikéyah Yázhí Ałhidadiidzooígíí]]
[[nv:Ásáí Bikéyah Yázhí Ałhidadiidzooígíí]]
[[oc:Emirats Arabis Units]]
[[oc:Emirats Arabis Units]]
[[or:ୟୁନିଆଟେଡ ଆରବ ଏମରେଟସ]]
[[or:ୟୁନାଇଟେଡ଼ ଆରବ ଏମିରଟ]]
[[os:Араббы Иугонд Эмираттæ]]
[[os:Араббы Иугонд Эмираттæ]]
[[pa:ਸੰਯੁਕਤ ਅਰਬ ਅਮੀਰਾਤ]]
[[pa:ਸੰਯੁਕਤ ਅਰਬ ਅਮੀਰਾਤ]]

4-Fevral 2012, 09:43 dagi koʻrinishi

Birlashgan Arab Amirliklari
الإمارات العربيّة المتّحدة
Al-Imārāt al-Arabiyyah al-Muttaḥidah
ShiorYoʻq
Madhiya: عيشي بلادي
(Īšiy Bilādī)
Location of Birlashgan Arab Amirliklari
Poytaxt Abu Dabi
Rasmiy til(lar) Arab tili
Hukumat Mutlaq monarxiya
• Prezident
Muhammad bin Zoid-al Nahayon
Sheikh Mohammed bin Rashid Al Maktoum
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
2-dekabr 1971
Maydon
• Butun
82,880 km2 (115-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2012-yilgi roʻyxat
5,0 mln kishi (119-oʻrin)
• Zichlik 99/km2
YIM (XQT) 2012-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$384,196 mil. (30-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$71 637,554
Pul birligi BAA Dirham (AED)
Vaqt mintaqasi UTC+4
• Yoz (DST)
UTC+4
Qisqartma TC
Telefon prefiksi 971
Internet domeni .ae
امارات.

Birlashgan Arab Amirliklari (Birlashgan Arab Amirliklari) poytaxti - Abu Dhabi shahri. BMT a'zosi Hukumat: Absolyut Rohiblik

• Prezident - Shayh Halifa bin Zayid Al Nahayan

• Bosh Vazir - Shayh Muhammad bin Rashid Al Maktoum

Mustaqillik kuni: 1971-yil 2-dekabr

Poytaxti: Abu Dabi amirligi

Maydoni: 82,880 km² (115-o‘rin)


Aholisi

BAA aholisi - 5,1 mln kishi (2010). Etnik tarkbi: arablar – 20%, arab olamidan tashqaridagi hududlar, ya’ni Yevropa, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan – 80%. Aholining 33%i ayollar, 67%i erkaklar. Til Rasmiy tili arab tili, bundan tashqari ingliz, hind, urdu va fors tillaridan ham foydalaniladi. So‘ngi yillarda Dubayga rus turistlar tashrifi ko‘pligi sababli mehmonxonalarda ishchilar rus tillarida ham suhbatlashmoqdalar. Din Rasmiy din – islom. Musulmonlar – 96%, boshqalar – 4%.

Pul birligi (AED)

Milliy pul birligi – dirham (AED).

Geografiya (joylashishi)

BAA Persid va Omon ko‘rfazida Arab yarim orolining sharqiy qismida joylashgan. Saudiya Arabistoni Qirolligi, Qatar va Omon Sultonligi bilan chegaradosh. BAA 7 ta amirlik (xonlik) dan iborat: Abu-Dhabi, Ajman, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvayn, Sharja.


Asosiy joylar:

Dubay (bu yer juda qiziqarli sanoatlashgan dam olish joyi: akvapark, hayvonot bog’i, Dubay tarixiy muzeyi, mamlakatdagi eng katta savdo markazi mavjud), Sharja, Ras Al-Hayma, Abu-Dhabi, Fujeyra, Um Al-Quvayn. Asosiy turistlik markazlari: Abu-Dhabi, Ajman, Jumeyra, Dubay, Ras Al-Hayma, Fujeyra, Um Al-Quvain, Sharja Elektr energiyasi Kuchlanish - 220 V, elektr chastotasi – 50 Hz.

Aloqa Telefon qo‘ng’irog’i bir amirlik ichida bepul. Boshqa amirlikka qo‘ng’iroq qilish uchun shaxar kodini terish zarur: Abu-Dabi, Mussafa - 02; Al-Eyn - 03; Dubay - 04; Sharja, Ajman , Um Al-Quveyn - 06; Ras Al-Hayma - 07; Fujeyra, Dibba, Korfakkan - 09.

Ish vaqti Odatiy ish kuni ikki smenada 8 soat: ertalabdan 1300 gacha va 1600 dan kechgacha. Payshanba – qisqa kun, juma – dam olish kuni.

Bayram va dam olish kunlar 2-dekabr (Mustaqillik kuni); 1-yanvar (Yangi yil); 6-avgust – Zaid shayxlikka qabul qilingan kun.

Diniy bayramlar: Iyd Al-Fitr – Ramazon tugagandan so‘ng; Iyd Al-Adxa – musulmonlarning qurbonlik bayrami; Musulmon kalendari bo‘yicha yangi yil;

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI IQTISODIYOTI

BAA YaIMning o‘sishi 2010-yilga nisbatan 3,2%, Inflyatsiyaning tushishi esa 1%. BAA iqtisodiy o‘sishi 2010-yilda 3,2%, uning katta qismi neft bo‘lmagan sektorlardan, inflyatsiyaning tushishi 1% kutilmoqda – deydi Davlat Iqtisodiyot Vaziri.

YaIMning o‘sishida 71% neftsiz maxsulotlarga to‘g’ri keladi, 2008-yilda bu ko‘rsatkich 66,5% edi, - deydi Sultan bin Said Al Mansuriy.

Pul birligi – dirham (AED).

Savdo tashkilotlari OPEC va WTO.

Asosiy import hamkorlari: Xitoy 12,9%, Hindiston 12%, AQSH 8,6%, Yaponiya 6%, Turkiya 4,4%, Italiya 4,2%.

Qarzi $128,6 million (2009-yil dekabr ma’lumoti), Davlat qarzi 47,2%, Zarari $54,68 mlrd. (2009).

YaIMda qishloq xo‘jaligi (1,6%), sanoat (61,8%), xizmat ko‘rsatish (36,6%) ning ulushi.

Ishsizlik 12,7%.

Asosiy sanoatlari: Neft, baliqchilik, aluminiy, sement, kemasozlik, qayiqsozlik, tikuvchilik, to‘qimachilik.

Eksport tovarlari: Neft vaneft maxsulotlari, tabiiy gaz, quritilgan baliq.

Asosiy eksport hamkorlari: Yaponiya 26,5%, Janubiy Koreya 10,9%, Hindiston 10,7%, Eron 7,5%, Tayland 6,1%.

Import maxsulotlari: mashina texnologiyalari, kimyoviy maxsulotlar, oziq-ovqat.

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI BOJXONASI

Birashgan Arab Amirliklari bojxonasi yuz yillardan buyon qo‘llanib kelinadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, BAAning bojxona chegarasi Shayh Zaid bin Sulton va Shayh Rashid bin Al Maktoumlar (u Dubayning hokimi edi) davrigacha bir necha etaplardan iborat bo‘lgan hamda shu vaqtda birinchi bor bojxona binolari qurilib Dubayni, ya’ni amirlikning muhim savdo-sotiq shaxrini tartibga solishga imkon berdi. Dubayning bojxonasi hukumatning eng qadimgi bojxonalaridandir va u “yig’ish” nomi bilan mashxurdir, ya’ni undiriladigan soliqlar va bojlar yig’ilganligi uchun. Tarixiy bojxonaga ko‘ra odamlar uni “Markazlar onasi” deb atashgan, chunki bir necha asosiy hukumat binolari, eng qadimiy bojxona binosi va bojxona yo‘llari u yerdan o‘tgan. 2003-yilning martida doktor (professor) Muhammad Khalfan Bin Kharbash konferensiyada qatnashdi va unda butun bojxona menejerlari bilan uchrashdi. Bunda maqsad keng miqyosda qadam tashlash, ya’ni FCA ning tashkil tpishiga ko‘ra va bojxonalararo umumiy markaz tashkil qilish to‘g’risida bo‘ldi. Shundan so‘ng hokimiyat organlarining bu maqsadda jadallashishiga olib keldi. Shunday qilib 2008-yil 28-mayda vazirlik komiteti kengashi (rahbari Shayh Hamdam bin Rashid Al Maktoum), vitse president, bosh vazir va Dubay hokimi, Iqtisodiy vazirlik va Sanoat komiteti tayyorlagan “Bojxona shtat qonunlarini umumlashtirish”ga erishildi.


Bojxona qoidalari Import va eksportda valyuta nazorat qilinadi, jami summasi deklaratsiyada ko‘rsatiladi. Ma’naviyatga salbiy ta’sir etuvchi audio va video maxsulotlarni hamda diniy munosabatlarga ta’sir etuvchi maxsulotlar olib kirish ta’qiqlanadi. Bojxona organi topshirilgan videokasseta va chop etilgan maxsulotlarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Jismoniy shaxs quyidagilarni bojsiz olib kirishi mumkin:


• 2000 dona sigaret yoki 400 sigar yoki 2 kg tamaki;

• 2 litr vino va 2 litr o‘tkir alkagol ichimlik.


Quyidagilar importda qat’iy taqiqlangan:

• Fizik narsalar, psixologik materiallar, dorilarning hamma turlari, qushlarni ovlash qurollari, musulmon shariatiga xos bo’lmagan behayo video va chop etilgan tovarlar, qurol va narkotik moddalar olib o‘tish taqiqlangan. Shunisi diqqatga sazovorki, agar BAAga olib kirilayotgan import tibbiyot muolaja vositalariga narkotik aralashgan bo’lsa bu katta muammoni keltirib chiqaradi.

Birlashgan Arab Amirliklari Bojxona postlari

Abu Dabi:

Postlar soni: 12 ta


Dubai:

Postlar soni: 16


Sharjah:

Postlar soni: 10.


RAS AL KHEMAH:

Postlar soni: 8.


Fujerah:

Postlar soni: 3.


Ajman:

Postlar soni: 1.


Um Al Quwain:

Postlar soni: 1.

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlari

O‘zbekiston Respublikasining O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi diplomatik vakolatxonalari yordamida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Misr, Bahrayn, O‘mon, Qatar, Iordaniya, Isroil, Eron, Hindiston, Pokiston va Janubiy Afrika Respublikasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha faol sa'y-harakatlar qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlatlar bilan aloqalari avvalo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan respublikamizning arab mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar dasturi alohida ahamiyatga molik. Mazkur davlatlar bilan siyosiy muloqotlar oliy va yuqori darajada amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Birlashgan Arab Amirliklariga (17-18 mart 2008y.) amalga oshirilgan rasmiy tashriflar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatishga asos soldi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi o‘tgan davr mobaynida Birlashgan Arab Amirliklari (oktabr 2007y.) rahbarlarining mamlakatimizga oliy darajadagi rasmiy va davlat tashriflari amalga oshirilgan. O‘zbekistonga Birlashgan Arab Amirliklarining (iyun 2009y.) tashqi ishlar, moliya, energetika, tashqi savdo va iqtisod vazirlarining rasmiy tashriflari amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi va BAA o‘rtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 25-oktabr kuni o‘rnatilgan.

Eksport tovarlari: paxta tolasi, xizmatlar, ipak, qishloq xo’jalik maxsulotari, rangli metallar va boshqalar.

Import tovarlari: transport vositalari, mexanik va elektron qurilmalar, kofe, choy, kauchuk va rezina maxsulotlari, keramika maxsulotlari, plastmassa va boshqalar.


Asosiy tarmoqlar: qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, turizm, ko’chmas mulk, savdo tovarlari va boshqalar.



Ma'lumotlar Farg'ona Politehnika Instituti 48-08 guruh talabasi SOLIYEV DILNIYOZBEK tomonidan jamlangan.

E-mail: dds_student@mail.ru

Tel: +(998 73) 702 12 62



Bu maqola juda qisqa.

nothumb

Iltimos, maqolani kengaytiring.